Talaba ishlashi mumkinmi? Eng ko‘p berilayotgan 12 savolga 12 javob

A A A
Talaba ishlashi mumkinmi? Eng ko‘p berilayotgan 12 savolga 12 javob

Talabalardan mehnat qonunchiligiga oid ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Quyida eng ko‘p berilgan savollarga qonun hujjatlari bilan asoslantirgan holda javob beramiz.

Talaba ishlashi mumkinmi?

Ha, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov yo‘q. Ya’ni Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan esa sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-buyrug‘i (afsuslar bo‘lsinkim, ushbu hujjat rus tilida https://www.lex.uz/docs/327039)ning 50-bandida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talaba bemalol ishlashi mumkin. Faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida.

Talaba qaysi kursdan boshlab o‘zi ta’lim olayotgan mutaxassislik bo‘yicha ishlashi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabr­dagi 275-qarori bilan «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida»gi nizomning (https://www.lex.uz/docs/941876) 7-bandiga ko‘ra:

Oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni umumta’lim muassasalariga pedagog lavozimiga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mazkur nizomning 8-bandida «oliy ta’lim muassasasining 4-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi» deyilgan.

Diqqat! Ushbu qoida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotganlar uchun ham, sirtqi ta’limda tahsil olayotganlar uchun ham birday amal qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi 2733-qarori 1-ilovasiga ko‘ra, yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistranti ishlashi mumkin.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-qaroriga 2-ilova – «Klinik ordinatura to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra, o‘qitishning ikkinchi yilidagi ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan klinik ordinatorlar rahbarlarining yozma tavsiyasi asosida mehnat shartnomasi bo‘yicha soha bo‘limlarida tungi navbatchilik qilish yoki o‘qishdan tashqari vaqtda mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqiga egadirlar.

Demak, 4-kurs yoki bitiruvchi kurs talabalari ishlashi mumkin ekan. Boshqa kurs yoki yo‘nalishlarda o‘qiyotganlar ishlay olmaydimi?

Yo‘q, unday emas. Pedagogika va yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari aynan 4-kurs yoki bitiruvchi kursdan ta’lim olayotgan o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlashlari mumkin.

Diqqat! Agar siz kollej diplomi yoki maxsus ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ushbu diplom asosida hech qanday cheklovsiz ishga kirishingiz mumkin. Masalan, tibbiyot institutlarining bakalavr talabalari o‘qishni tugatmaguncha shifokor bo‘lib ishlay olmaydilar. Lekin agar ularda tibbiyot kolleji diplomi bo‘lsa, bemalol feldsher yoki hamshira bo‘lib ishlashlari mumkin.

Faqat o‘rta maktabni bitirgan, hech qanday maxsus ma’lumot va diplomga ega bo‘lmagan talaba ham ishlashi mumkinmi?

Albatta. Bunday toifadagi talabalar ham o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mehnat shartnomasi asosida maxsus ma’lumot yoki maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan ishlarda ishlashlari mumkin.

Ma’lumoting yo‘q ekan, deb ishga olishni rad etishmoqda. Qaysi kasbga qanday ma’lumot zarur ekanini qanday bilsa bo‘ladi?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktyabr­dagi 795-qaroriga ilova «Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori»da (afsuski, ushbu hujjatning ham to‘liq matni rus tilida, https://www.lex.uz/docs/3372827) 5538 ta ishchi kasb va 2858 ta xizmatchilarning asosiy lavozimlariga ma’lumotning eng past darajasiga qo‘yiladigan talablar belgilangan.

Ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi davlat tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, boshqa tashkilotlar uchun esa – tavsiya xususiyatiga ega.

Aytaylik, siz yuridik universitetning 1- kurs talabasisiz va sudya yordamchisi bo‘lib ishga kirmoqchisiz. Lekin oliy ma’lumotni bahona qilib ishga olishmadi. Yuqoridagi klassifikatorni ochib «pomoshnik sudi» (yana bir bor qaytaraman, hujjatning to‘liq matni rus tilida) deb qidirasiz. Natijada 2199-1 tartib raqami bilan sudya yordamchisi lavozimi chiqadi. Ma’lumotining eng past darajasida SSPO (srednee spesialnoye professionalnoye obrazovaniYE), ya’ni o‘rta maxsus, kasb-hunarga doir ma’lumotli bo‘lish sharti va ta’lim yo‘nalishi kodi berilgan. Demak, siz yuridik kollej diplomi bilan sudya yordamchisi bo‘lib ishlashingiz mumkin.

Xuddi shunday tartibda klassifikatordan boshqa kasblarga qo‘yilgan ma’lumotning eng past darajasini bilib olishingiz mumkin.

Talaba ish so‘rab murojaat qildi. Ish beruvchi esa rad etdi. Nima qilish kerak?

Bu holatda siz rad etish sababini bilish huquqiga egasiz.

Mehnat kodeksining 78-moddasiga ko‘ra, ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish so‘rab murojaat qilgan shaxsning talabi bilan ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun muddat ichida yozma javob berishi shart. Bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.

Agar ish beruvchi sizni asossiz ravishda ishga olmagan yoki ish o‘rinlarini yashirgan bo‘lsa, ma’muriy, hattoki jinoiy javobgarlikkacha tortiladi.

Agar sizni asossiz ravishda ishga olishni rad etishsa, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (+99871 200-06-00) yoki uning hududiy organlari, prokuratura (1007), adliya organlariga (1008) murojaat qiling!

Talaba to‘liq 1 stavka ishlasa bo‘ladimi?

Yuqorida aytganimizdek, talaba faqat o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashi mumkin. MK 115-moddasiga muvofiq, xodimning ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Ya’ni 6 kunlik ish haftasi joriy etilgan tashkilotlarda kunlik 7 soat, 5 kunlik ish haftasi joriy etilganlarda esa ish vaqti kunlik 8 soatdan ortiq bo‘lmasligi shart. Shuningdek, ishning tugashi bilan ke­yingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati o‘n ikki soatdan kam bo‘lishi mumkin emas (MK 128-moddasi). Agar yuqoridagi qonun talablariga rioya etilsa, talabaning to‘liq stavka ishlashiga hech qanday taqiq yo‘q.

Diqqat! Bunda bir shartga rioya ­etilishi ­kerak! Ish o‘qishdan bo‘sh vaqtda ­bajarilishi shart va ushbu talab mehnat shartnomasida ­mustahkamlanishi lozim.

Talaba faqat o‘rindoshlik asosida ishlaydimi?

Haqiqatan ham ayrim ish beruvchilar talabalarni faqat o‘rindoshlik asosida ishga olish kerak deb hisoblashadi. Bu mutlaqo xato. Buni quyidagicha asoslaymiz. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-qarori ilovasiga ko‘ra (https://www.lex.uz/docs/2070161#2070217) o‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi. Talabaning ta’lim olish jarayoni mehnat faoliyati hisoblanmaydi.

Demak, talaba mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan va mehnat daftarchasi yuritilayotgan yer uning asosiy ish joyi hisoblanadi.

Talaba bir nechta joyda ishlasa bo‘ladimi?

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan mehnat qonunchiligidagi talablarga rioya qilgan holda talaba o‘qishdan bo‘sh vaqti asosiy ish joyidan tashqari, boshqa tashkilotda o‘rindoshlik asosida ham ishlashi mumkin. Buning uchun esa o‘rindosh­lik asosida ishga kirayotgan joyga asosiy ish joyidan ma’lumotnoma taqdim qilinadi.

Diqqat! Agar talaba o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bo‘lsa o‘rindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi.

Talabalik davri mehnat stajiga kiradimi?

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning (https://lex.uz/docs/112314#127095) 37-moddacida ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari sanab o‘tilgan. Mazkur qonunning «e» bandiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan, chet elda o‘qish umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Ya’ni yoshga doir pensiya olish huquqiga ( erkaklar uchun – 60, ayollar uchun – 55 yosh) qadar kamida 7 yil ish stajiga ega bo‘lsangiz, shundagina oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan davringiz ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Nogiron bo‘lib qolgan shaxslar stajiga esa ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’i nazar qo‘shiladi.

Talabani sinov bilan ishga olish to‘g‘rimi?

Mehnat kodeksining 84-modasiga ko‘ra, homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

Agar yuqoridagi talablarga tushmasangiz, sizga dastlabki sinov qo‘llanilishi mumkin.

Diqqat! Aksariyat ishga kirmoqchi bo‘lgan talabalar (bakalavr, magistrlar) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar hisoblanishadi hamda ularga dastlabki sinov qo‘llanilmaydi.

Talabalar uchun mehnat qonunchiligida imtiyozlar nazarda tutilganmi?

Ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart. Talabalar ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa ko‘plab imtiyozlar olish huquqiga egadirlar. Bundan tashqari abituriyentlar uchun ham alohida imtiyozlar (MK 254-moddasi) nazarda tutilgan.

Imtiyozlar haqida batafsil Mehnat kodeksining 248-258 moddalaridan (https://www.lex.uz/docs/142859#145090) bilib olishingiz mumkin.

Muhammadamin Karimjonov,
Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Boks. Murodjon Ahmadaliyevning venesuelalik raqibiga qarshi jangi to‘rtinchi raundda yakunlandi

Тошкент шаҳрида йирик профессионал бокс оқшоми ўз ниҳоясига етди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Gvardiolaning “Manchester Siti”ni tark etishiga nima sabab bo‘lganini aytildi

“Манчестер Сити” клуби ярим ҳимоячиси Тижани Рейндерс жамоа бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг кутилмаганда истеъфога чиққани ва бу қарорнинг ортида турган асл сабаблар ҳақида гапирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi rostdan ham "podarka"midi?

Хабарингиз бор, ҳамюртимиз Муроджон Аҳмадалиев навбатдаги жангини венесуэлалик Эгли Москедага қарши ўтказиб, нокаут эвазига ғалаба қозонди. Ижтимоий тармоқларда эса Москеда кучсиз, ҳеч ким танимайдиган боксчи эканлиги ҳақида турли "комментлар" тарқалди.

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Аниқланишича, у интернет наркодўконда “омборчи” вазифасида ишлаган

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.