Eron Xo‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi

Fors ko‘rfazidan dunyo bozorlariga yetkazib beriladigan neftning uchdan bir qismi aynan ushbu bo‘g‘oz orqali o‘tadi.

“Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘limi javobsiz qolmaydi”

”Eron xalqining qasos qo‘li millat imomining qotillarini og‘ir, qat’iy va pushaymon qiluvchi jazoga tortmaguncha tinch qo‘ymaydi”, deyiladi Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida.