Tadbirkorning 3,9 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi

Tadbirkorning 3,9 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro “S.G.” MCHJ bosh hisobchisi Ye.K. tijorat banki filialidan bank-kliyent dasturidan foydalanish uchun ushbu MCHJga berilgan elektron kalitdan foydalanib, oylik ish haqidan tashqari qo‘shimcha 3,9 mlrd so‘mini o‘ziga avans sifatida hisoblab, bank plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!