Suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tiladi

A A A
Suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29 noyabr kuni qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizdagi suv resurslarining 20 foizi o‘zimizda, katta qismi qo‘shni davlatlarda shakllanadi. Iqlim o‘zgarishi oqibatida suv manbalari yil sayin kamayib bormoqda. Transchegaraviy daryolarni boshqarish bo‘yicha vaziyat ham jiddiy. Bularning ta’sirida 2030 yilga borib yurtimizdagi suv tanqisligi 15 milliard kub metrga yetishi prognoz qilinayapti.

Lekin shu holatda ham suvdan samarasiz foydalanilayapti. Mamlakatimizdagi jami suv resursining 90 foizi qishloq xo‘jaligida sarflanayapti. Masalan, yurtimizda bir gektar paxta maydonini sug‘orish uchun yiliga 10-11 ming kubmetr suv sarflangani holda, iqlimi va yeri biznikiga o‘xshash mamlakatlarda bundan 2-3 baravar kam suv ishlatilayapti. U ham bo‘lsa, suvni to‘g‘ri boshqarish, isrof qilmaslik hisobiga.

Suv xo‘jaligiga har yili o‘rtacha 1 milliard dollar mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Bu soha byudjetdan mablag‘ olish bo‘yicha ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligidan keyin 4-o‘rinda turadi. Ammo tizimda hisob-kitob to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, suv resurslarini boshqarishda eskicha yondashuvlar saqlanib qolgani uchun samara kam.

Yig‘ilishda bu sohadagi muammolar, yangi tashabbus va vazifalar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari bir yil davomida suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tilishini ta’kidladi.

Bunda birinchi muhim vazifa – kanal va ariqlarni betonlash. Hisob-kitoblarga ko‘ra, betonlanmagan irrigasiya tarmoqlarida yiliga o‘rtacha 14 milliard kub metr yoki 36 foiz suv hech qanday iqtisodiy samarasiz isrof bo‘layapti. Eng ko‘p suv yo‘qotishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Navoiy, Xorazm va Buxoro viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Kanallarning oxirida joylashgan 175 ming gektar ekin maydonida suv ta’minoti juda og‘ir.

Umuman, suv yo‘qotishlari oqibatida iqtisodiyotimizda yiliga 5 milliard dollar daromad boy berilayapti.

Shu bois suv xo‘jaligida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi. Kelgusi yilda 1 ming 500 kilometr, ya’ni bu yilgiga nisbatan 4 barobar ko‘p yirik kanallarni betonlash vazifasi belgilandi. 2025 yildan boshlab kamida 2 ming kilometrdan kanallarni betonlashga o‘tiladi.

Buning uchun noyabr-mart oylari eng qulay vaqt ekani, loyihasi tayyor kanallarda qurilishni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi. Viloyat va tuman hokimlariga bir yil ichida 3 ming 500 kilometr ichki tarmoqlarni beton qoplamaga o‘tkazish topshirildi. Bundan manfaatdor klaster va fermerlarga maxsus texnika va qurilish materiallaridan yordamlashib, xarajatlarni 2 karra kamaytirish mumkinligi aytildi.

Ikkinchi muhim vazifa – suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish.

Mamlakatimizda 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer bo‘lib, shundan 30 foiziga suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan. Bunday klaster va fermer xo‘jaliklarida suv 30-40 foizga, o‘g‘it va yoqilg‘i 25-30 foizga tejalishi bilan birga hosildorlik oshgan.

Lekin, suv yetkazish tannarxi juda qimmat bo‘lgan Qashqadaryoda bunday usulda sug‘oriladigan yerlar atigi 16 foizni tashkil etadi. Suv tejashda eng sodda agrotexnik tadbir bo‘lgan yerni lazerli tekislash ishlari ham yetarli emas. Bunday maydonlar Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 10 foizdan kam.

Buning sabablaridan biri – suv tejovchi texnologiyani joriy qilgan fermerlarga kredit foizining bir qismini qoplash tartibi ishlamayapti. Shu bois yig‘ilishda bu bo‘yicha yangicha moliyalashtirish tizimi belgilandi. Unga ko‘ra, klaster va fermerlarga suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun ikki yillik imtiyozli davr bilan besh yilga 14 foizli kredit ajratiladi. Buning uchun ochiq-oshkora platforma ishga tushiriladi. Ham bank bilan, ham ta’minotchilar bilan shartnoma elektron platforma orqali onlayn imzolanadi.

Mutasaddilarga buning moliyaviy-tashkiliy jihatlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Suv tejash joriy etilgan maydonlarni har yili kengaytirib borish, Turkiya, Ispaniya va Xitoyning bu bo‘yicha tajribasini o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.

Kelgusi uch yilda ham qishloq xo‘jaligi texnikasining 15 foizi va lazerli tekislagichning 30 foizini subsidiyalash amaliyoti davom ettiriladi. 2026 yilgacha hamma ekin yerlari lazerli tekislanadi. 2026 yildan keyin lazerli tekislanmagan yerlarga nisbatan yer va suv soliqlari keskin oshiriladi.

Uchinchi muhim vazifa – suvni yetkazish xarajatlarini qisqartirish.

Bugungi kunda klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har 1 kubmetr suvga o‘rtacha 212 so‘m xarajat qilinayapti. Lekin Buxoro, Qashqadaryo va Namanganda bu 2-3 barobar qimmat.

Shu bilan birga, suv xarajatining 63 foizi nasos stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, sug‘orish uchun yiliga 7 milliard kilovatt soat elektr energiyasi sarflanadi. Chunki suv nasoslarining 80 foizi eskirgan, energiya sarfi yuqori.

Davlatimiz rahbari bu xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirishning eng to‘g‘ri yo‘li – nasoslarni modernizasiya qilish va ularni boshqarishni xususiy sheriklikka berish ekanini ta’kidladi.

Bu borada bir nechta loyiha boshlangan. Bu ishlarni jadallashtirib, xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokida 95 ta nasos stansiyasini yangilash, kelgusi yil boshida yana 118 tasi bo‘yicha tender e’lon qilish vazifasi qo‘yildi.

Shu bilan birga, xorijiy kompaniyalar 268 ta nasosni boshqaruvga olish tashabbusini bildirgan.

Umuman, ushbu choralar orqali kelgusi yili nasoslarning elektr sarfini 300 million kilovatt soatga, keyingi uch yilda esa 1,5 milliard kilovatt soatga kamaytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Suv xo‘jaligi vazirligiga xalqaro moliya tashkilotlari bilan birga, nasoslarni modernizasiya qilish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi. Sohada zamonaviy boshqaruvni joriy etish, suv hisobini yuritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda suv xo‘jaligi vaziri, hokimlar va boshqa rahbarlarning axboroti eshitildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Eron jasorat ko‘rsatmoqda

"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Lavrov "Bunday so‘zlarni aytish uchun surbet odam bo‘lish kerak”

Жумладан, ГФРнинг янги канцлери жаноб Мерцнинг Германия яна Европага раҳбарлик қилиш вақти келгани ҳақидаги нутқи.

XXR Daniyaga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘iga "shapaloq" bilan javob qaytardi

Хитой Халқ Республикаси Россия билан ҳамкорликдан воз кечиш чақириғига жавобан Данияга "дипломатик шапалоқ" туширди.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Toshkentda 49 yoshli shilqim qaynota qamaldi

Мазкур ҳолат юзасидан суд иши ЖИБ Янгиҳаёт туманида кўриб чиқилди.

Rossiya qozog‘istonliklarni kiritmayapti

Қозоғистонликлар Россияга киришда тобора кўпроқ тақиқ олмоқда. "Адолат йўли" уюшмаси ижрочи директори Дидар Смагулов шундай вазиятга дуч келди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Durov: "Men rusman!"

Telegram асосчиси айбловларга раддия берди.

Kreml milliardlab topmoqda, Yevropa esa milliardlab sarflamoqda

Россия Европанинг Украинага сарфлайдиганидан кўпроқ даромад олади.

“Putin o‘zgarib qolgan, bu menga yoqmayapti”

АҚШ президенти Доналд Трамп вазиятга аралашмаганида, Россия билан кўплаб "ҳақиқатан ҳам ёмон ҳодисалар" рўй берган бўларди.

SWS3 — Xitoyning dronlarga qarshi qo‘rqinchli javobi

Хитой дронларга қарши янги зенит-ракета-тўп мажмуасини яратди.

Kim Chen In harbiy kemani suvga tushirish paytida cho‘kib ketgan kemasozlik ishchilarini qatl qilishi mumkin

Шимолий Кореяда янги эсминетнинг муваффақияциз учирилиши ортидан кемасозлик заводининг камида уч ходими ҳибсга олинди.

“Ukraina NATO sammitida bo‘lmasa, Putin yutadi”

Украина июн ойида ўтказиладиган NATO саммитида иштирок этиши керак.

Berlindan "uzoq masofali salom"

Украинада немис қуроллари ишлаб чиқарилади — Германиядан тарихий қадам.

Yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishi mumkin

USGS вакили Сара Минсоннинг сўзларига кўра, Сан-Францискода 2055 йилгача Big One деб аталаётган кучли зилзиланинг содир бўлиш эҳтимоллиги 72 фоизга етган.

Fransiyada evtanaziya haqida qonun qabul qilindi

Франция Миллий Ассамблеясининг 305 нафар аъзоси шифокорлар ёрдамида ўз жонига қасд қилишни қўллаб-қувватлаган

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Шунингдек, воқеа юзасидан қасддан баданга ўртача оғирликдаги тан жароҳати етказиш ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатилган

“Qamchiq” dovonida “Gentra” xandaqqa tushib ketdi

Яна бир автомобиль – “Мерседес” ҳайдовчиси бошқарувни йўқотиб, йўл ўртасидаги темир тўсиққа урилган.

Asirlikda halok bo‘lgan 200 nafar askar: jonlar hisobidagi urush haqiqati

Уруш бошланганидан бери Россия асирлигидаги 200 дан ортиқ украиналик аскар ҳалок бўлди.

AQShning rejasi bor, ammo u hech kimga ma’qul kelmayapti

АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.

Toshkent shahrida 800 nafar fuqaro uy olaman deb 200 mlrd so‘mdan ortiq pullaridan ayrildi

Мазкур жиноят иши доирасида 800 нафар фуқаролар жабрланувчи деб топилган бўлиб, умумий 209 млрд. 263 млн. сўм зарар аниқланган.

Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

Қайд этилишича, мазкур ҳолат Наманган вилояти Чортоқ туманидаги 48-умумтаълим мактабида содир бўлган.

Liverpulda avtomobil odamlarni bosib ketishi oqibatida 27 kishi jarohatlandi

Маҳаллий ҳокимият расмийларининг хабар беришича, қолган жабрланганларга ҳодиса жойида тиббий ёрдам кўрсатилган.

Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 ichidagi 19 yoshli haydovchisi bilan yonib ketdi

Қутқарув экипажи ҳодиса жойига етиб борган, ёнғин қутқарувчилар ва фуқаролар томонидан ўчирилган.

22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Ҳозирда ушбу ҳолат юзасидан “одам савдоси” моддаси бўйича жиноят иши қўзғатилди.

Rossiyaning Voronej shahrida bir talaba xonadoshini gigiyenaga rioyasizligi sababli o‘ldirdi

Навбатдаги жанжалдан сўнг сабр-тоқат косаси тўлган йигит пичоқ олиб, Максимнинг томоғини кесган.

Ukraina Patriot zenit-raketa majmualarining tanqisligini boshdan kechirmoqda — The Washington Post

Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.

"Kuch ishlatilmasa, Putin yechim izlamaydi"

Россиянинг Украинада урушни тўхтатиш истагини билдирувчи белгилар йўқ.

Medvedevning rejasi Rossiyaga 50 million askarga tushadi

Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.

"Haqqoniy va’da"ga tayyormiz – Eron Isroilni ogohlantirdi

"Исроилда жиноятчилар ва аҳмоқлар ҳокимият тепасида тургани сабабли ҳар қандай хато юз бериши мумкин".

Makron: Tramp Putinning unga yolg‘on gapirgani angladi

"АҚШ президенти Доналд Трамп Россия диктатори Владимир Путиннинг тинчликка тайёрлик ҳақидаги сўзлари ёлғон эканини тушуниб етди".

Xitoy janubida kuchli yomg‘ir yog‘di, qurbonlar bor

Метеорологларнинг маълумотларига кўра, 2025 йил бошидан бери энг кучли ёмғир 27-29 май кунлари Хитой жанубида бўлади. Табиий офатлар хавфи ортади.