Surxondaryoda Toshkentga qatnov yo‘lini salkam 150 kilometrga qisqartiradigan yangi yo‘l qurilmoqda

Surxondaryoda Toshkentga qatnov yo‘lini salkam 150 kilometrga qisqartiradigan yangi yo‘l qurilmoqda

Surxondaryo viloyatida xalqaro ahamiyatga ega ikkita trassani birlashtiruvchi va Toshkentga yuklar yetkazilish vaqtini qisqartirishga xizmat qiluvchi yangi yo‘l qurilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi yo‘l M39 va M41 avtomagistrallarini qisqa masofada birlashtiradi.

OTB mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyatidagi 4R105 Darband—Boysun—Elbayon avtomobil yo‘lining 5–70-kilometr (65 kilometr) qismini va 4R100 Mang‘uzor—Jarqo‘rg‘on—Bandixon—Oltinsoy—Denov avtomobil yo‘lining 128–174-kilometr (46 kilometr) qismini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometrni tashkil etadi.

Mazkur avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilinishi bilan Surxondaryo viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M39 va M41 avtomagistrallari qisqa masofada birlashtirilib, Toshkent shahriga qatnovni amalga oshirayotgan xalqaro va mahalliy avtotashuvchilar uchun mavjud 298 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘li 146 kilometr qisqartiriladi va natijada masofa 152 kilometrni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!