Surxondaryoda shifokorning yuzi qonga bo‘yaldi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda shifokorning yuzi qonga bo‘yaldi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 9 yanvar kuni 14:30 larda Boysun tumani «Kosiblar» mahallasida joylashgan Boysun tumani tibbiyot birlashmasida shifokor vazifasida ishlovchi F.J ni fuqaro SH.X urib tan jarohati yetkazishi natijasida tan jarohati olib yerga yiqiladi.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari vaqtida SH.X, SH.H, F.J ga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi va ekspertiza xulosasiga ko‘ra F.J. (shifokor)ning olgan tan jarohati «engil» tan jarohati deb baholangan.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 10 yanvar kuni Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro SH.H va SH.X larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-modda 2-qismining «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!