Surxondaryoda qaysi Payg‘ambarning qabri bor?

A A A
Surxondaryoda qaysi Payg‘ambarning qabri bor?

viloyatidagi tarixiy-madaniy va arxeologik yodgorliklar bilan tanishish uchun joriy yilning o‘tgan davrida 50 mingga yaqin sayyoh kelgan.

Prezidentimiz joriy yil 19-20 yanvar kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida vohaning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanib, turizmni rivojlantirish, hududga xorijlik va mahalliy sayyohlarni keng jalb etish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. Shunga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi qarori bilan viloyatda turizm sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi.

Mazkur hujjatga muvofiq 2018-2019 yillarda viloyatning turizm infratuzilmasi va namoyish ob’ektlarini tashkil etish, mavjudlarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, mehmon uylarini yaratish loyihalari ro‘yxati, 2018-2019 yillarda viloyatda o‘tkaziladigan madaniy, ko‘ngilochar va sport tadbirlari taqvimi tasdiqlandi. Turistlar boradigan obyektlarning yo‘llarini ta’mirlash manzilli dasturi belgilab olindi. Boysun, Sariosiyo va Sherobod kichik turizm zonalarini tashkil etib, ularda zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turizm ahamiyatiga ega boshqa obyektlarni qurish belgilandi. Zamonaviy muhandislik infratuzilma ob’ektlari tashkil etiladigan bo‘ldi.

Mutaxassislarning fikricha, Surxondaryo – xorijiy va mahalliy turizmni keng yo‘lga qo‘yish uchun yirik salohiyatga ega hudud. Vohada 374 madaniy meros yodgorliklari va tabiiy meros ob’ekti mavjud. Ziyorat, buddizm, agro, sanoat, ekologik va sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun qulay imkoniyat bor. Hududning madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar, gastronomik turizmi marshrutlariga ham dunyo ahlining qiziqishi yuqori. Shunga mos ravishda vohaning rang-barang turizm yo‘nalishi belgilab olingan. Unga ko‘ra, sayyohlar Teshik tosh, Machay g‘ori, Eski Termiz, Qirqqiz, Tavka qal’asi, Termizshohlar saroyi, Iskandar ko‘prigi, Jarqo‘rg‘on minorasi, Chingiztepa, Tillabuloq kabi 25 tarixiy-madaniy va arxeologik yodgorliklar bilan yaqindan tanishmoqda. Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Iso Termiziy majmuasi, So‘fi Olloyor, Xo‘ja Barkux, Mavlono Muhammad Zohid maqbarasi, Kokildor xonaqosi singari 14 buyuk zot mangu qo‘nim topgan yoki ular nomiga qadimda barpo etilgan go‘shalarni ziyorat qilayotir.

Ayritom, Qoratepa, Zurmala, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Budrachtepa, Xolchayon yodgorliklarini tomosha qilib, qadimgi buddaviylik xususida yetarli ma’lumot va boy taassurotga ega bo‘lmoqda. Masalan, Termiz yaqinidagi Amudaryo o‘rtasida Payg‘ambar orol nomi bilan mashhur hudud mavjud. Bilasizmi, mo‘’jaz bu orolning mashhurlik siri nimada? Islom dinigacha yashab o‘tgan payg‘ambarlardan biri – Zul-Kifl bilan bog‘liqligi-da. Miloddan avvalgi VI-VII asrlarda yashagan tarixiy bu shaxsning dunyoda ikkita mozori bor. Ulardan biri Iroqning Kifl shahrida, ikkinchisi ana shu orolda joylashgan. Manbalarda qayd etilishicha, Zul-Kifl qabri XI asr, ya’ni G‘aznaviylar davrida Payg‘ambar oroliga ko‘chirib kelinib, maqbara va masjid bunyod etilgan.

Viloyatdagi yodgorliklar o‘zining o‘tmishdagi tarixi, qurilish usullari va ulkan salobati bilan sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otayotgan bo‘lsa, ulug‘ ajdodlarimizning hoki mangu qo‘nim topgan obod, sokin go‘shalar bu yerda yashab o‘tgan buyuk zotlar, aziz-avliyolar haqiga duo qilib, ularning hayot yo‘llarini, ezgu fazilatlarini yaqindan o‘rganishga xizmat qilmoqda. Keksa avlod vakillarining shukronalik, yoshlarning havas va faxr hissini yuksaltirmoqda.

– Joriy yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 mingga yaqin ko‘p sayyoh kelgani, Surxondaryo turizm makoniga aylanayotganiga yaqqol dalildir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Xo‘jaqulov. – Endilikda eko va agroturizm, sog‘lomlashtirish va gastronomik sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etilayotgani, kichik turizm zonalariga asos solinayotgani, hududning turistik salohiyati xorijda ham keng namoyish qilinayotgani kelgusida o‘z samarasini bermoqda. Shu bois sayyoramizning turli davlatlaridan keladigan va mahalliy turistlar uchun barcha zamonaviy sharoitlarni yaratishga alohida ahamiyat qaratilayotir. 2018-2019 yillarda viloyatning turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan 74 loyi
ha uchun 185,2 milliard so‘m miqdorida investisiya jalb etish rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar ishga tushirilishi bilan 858 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ayni paytda viloyatda sayyohlarga bir yo‘la 1 ming 500 ga yaqin mehmonni joylashtirish quvvatiga ega 67 mehmonxona, mehmon uylari, sanatoriy va sog‘lomlashtirish maskani xizmat ko‘rsatmoqda. O‘ndan ortiq turoperatorlik yo‘nalishida tadbirkorlik sub’ekti faoliyat yuritayotir. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish sifati ham o‘sib bormoqda. Xususan, shu yilning o‘tgan davrida tadbirkorlar tomonidan xorijning o‘nga yaqin zamonaviy avtobuslari olib kelindi. Yil yakunigacha yana o‘nta turistik toifadagi yangi avtobus olib kelish mo‘ljallanmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan barcha ishlar vohaning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, odamlarning bandlik masalasini yechish va yurtimizni dunyoga keng tarannum etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.


Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Putin Zelenskiyning shartini qabul qildi

Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.

"Janob Prezident, ukangiz 40 million dollarlik mehmonxonamni tortib oldi"

Қирғизистон президенти Садир Жапаров Иссиқкўл аҳолиси билан учрашувда кутилмаган эътирозга дуч келди.

Putin urush boshlanganidan beri ilk bor Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan G‘arb davlatlari rahbarlari bilan birga suratga tushdi

Суратда Владимир Путин Си Жинпиннинг ўнг томонида, биринчи қаторда турибди.

Toshkentdagi Qorasuv kanalidan Nil timsohi ushlandi

Бу ҳақда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси маълум қилди.

Toshkent metropoliteni yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqdi

Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.

Maduro qamoqxonadan Rossiyaga salom yo‘lladi

Бу ҳақда RIA Novosti агентлиги хабар берди.

Janubiy Koreya bo‘ylab havo qatnovi to‘xtatiladi, Wi-Fi o‘chiriladi va butun mamlakat bo‘ylab telefonlar o‘chiriladi

Бугун миллионлаб мактаб ўқувчилари университетга киришни белгилайдиган Сунын имтиҳонини топширишади.

"Evropa vakillari Moskvaga borishga tayyor, faqat..."

Елисей саройида Россиянинг мулоқотга расмий тус бериш таклифи ижобий баҳоланган.

Rossiya, Xitoy va AQSh yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvidan asosiy bayonotlari

Мулоқот 1,5 соат давом этди.

Flik "Barselona" rahbariyatidan ikkita transfer so‘radi

"Барселона" бош мураббийи Ханс-Дитер Флик қишки трансферлар ойнасида жамоанинг ҳимоя чизиғини кучайтиришни муҳим вазифа деб ҳисобламоқда.

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir, qor va sovuq kuzatilishi kutilmoqda

Ўзгидромет 9–12 ноябрь кунлари Ўзбекистонда об-ҳаво шароити кескин ўзгариши ҳақида шошилинч огоҳлантириш эълон қилди.

O‘zgidromet 14–15 noyabr kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Ўзбекистонда сўнгги кунларда кузатилган салқин ва ёғингарчили об-ҳаво ўрнини илиқ кунлар эгаллайди.

Isroilda parlament saylovlari yakunlandi: Netanyaxu uchun kutilmagan natija

Исроилда парламент сайловлари бўйича овозларни ҳисоблаш якунланди.

«An-Nasr» uch nafar yulduzisiz O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби Осиё Чемпионлар лигаси Элит мусобақасидаги навбатдаги учрашув олдидан Тошкентга етиб келди.

Aktrisa Barchin G‘ofurova va bloger "Kokosh" qamaldi

Бу ҳақда Тошкент шаҳар судлари матбуот хизмати хабар берди.

Ukraina qurol ishlab chiqarishni oshirishda qiynalmoqda

"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.

Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarni tiklashga urinishlarini e’tiborsiz qoldirmoqda

The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти

Putin shaxsiy tartibda Ukraina uchun NATO nizomining 5-moddasi namunasidagi xavfsizlik kafolatlariga rozi bo‘ldi

Манбанинг сўзларига кўра, Путин NATO қўшинлари Украинада жойлаштирилмаслиги шарти билан бундай кафолатларга тайёр

Eron sobiq oliy rahbar oyatulloh Ali Xominaiyning yadro qurolini taqiqlovchi fatvosini bekor qilishi mumkin

У ушбу фикрларни Эроннинг ядро дастури атрофидаги давом этаётган муҳокамалар фонида билдирди.

Litva Kaliningrad viloyati chegarasidagi hodisaga aloqadorligini rad etdi

Будриснинг қўшимча қилишича, Литва ҳеч қачон ўз ҳаво ҳудудидан Россия ҳудудидаги объектларга ҳужум қилиш учун фойдаланишга рухсат бермаган

Bank xodimi mijozlarning 3,2 mlrd so‘mini qimorda yutqazdi

Бундан ташқари, яна бир шахс танишидан олган 26 минг долларлик иккита «Дамас» автомобилини қиморда бой берган.

Tatyana Kim Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan keyin Wildberries rahbarligidan ketdi

Маълум қилинишича, Ким 18 ноябр куни бош директорлик лавозимидан кетган. Унинг ўрнига Алексей Куликов тайинланган.

AQShda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq uzilishlardan so‘ng Oq uy rahbarini almashtirdi

Бу ҳақда BBC’нинг америкалик ҳамкори CBS хабар берди.

Evropa huquq markazi Mossadning sobiq rahbari David Barneani «harbiy jinoyatlar» uchun hibsga olishga chaqirdi

Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.

Meksikada eng katta narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Бу ҳақда «El País» нашри хабар берди.

Hurmuz bo‘g‘ozida 4 million barrel neft tashiyotgan ikki supertanker portladi

Бу ҳақда Tasnim News нашри Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) денгиз кучлари матбуот хизматига таяниб хабар берди.

Isroil Eronga qarshi yangi urush boshlashga intilmoqda

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри хабар берди.

Qashqadaryoda bolalar janjali sabab qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Бу жиноятни содир этган эркакка 19 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Ilon Mask respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflagan 500 million dollaridan afsusda

Миллиардер Илон Маск АҚШдаги оралиқ сайловларда республикачиларни қўллаб-қувватлаш учун 500 миллион доллар сарфлаганидан афсусда эканини билдирди.

Parij meri GTA VI o‘yini sabab ishga kech qoldi

У буни очиқ тан олмаган, аммо шаҳар раҳбари соат 9:00 га белгиланган эрталабки йиғилишга келмади ва ишга фақат тушлик пайти етиб келган.

Putin Rossiya Yevropaga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqidagi gaplarni rad etdi

Россия Европа билан урушга тайёрланаётгани йўқ, бироқ Европа Иттифоқининг бундай режалари ҳақида доимий равишда эшитиб турибди.

62,3 foiz pedagog kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘ta olmagani ma’lum qilindi

2024–2026 йилларда ўтказилган олтита касбий сертификатлаш синовида 47 936 нафар педагог қатнашган, уларнинг 62,3 фоизи синовдан ўта олмаган.

Putin Qrim ko‘prigiga qilingan hujumlardan keyin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lmasligini aytdi

Унинг сўзларига кўра, Россия Хавфсизлик кенгаши билан айрим соҳаларда ўт очишни тўхтатиш имконияти муҳокама қилинган.

«Jorj Vashington» avianosesi Fors ko‘rfazini tark etdi — Bloomberg

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги АҚШнинг икки расмийсига таяниб хабар берди.

Si Szinpin yadroviy qurollarni butunlay yo‘q qilishga chaqirdi

Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.

Tramp Eron bilan urushni tugatish uchun Rossiya va Xitoy yordami kerak emasligini aytdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Вашингтон Эрон билан урушни якунлаш учун Россия ёки Хитой ёрдамига муҳтож эмаслигини билдирди.

Rossiyaning 2 Tu-95 bombardimonchisi Tayvan HHM hududiga kirdi

Тайвань Мудофаа вазирлиги маълум қилишича, Россиянинг икки Ту-95 стратегик бомбардимончи самолёти оролнинг ҳаво ҳужумидан мудофаа тизими аниқлаш зонасига жануб томондан кирган.

Portugaliya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berishdan bosh tortdi

Бу ҳақда мамлакат ташқи ишлар вазири Паулу Ранжел Киевда украиналик ҳамкасби Андрей Сибига билан ўтказган матбуот анжуманида баёнот берди.

Turk qahvasini mashhur qilgan sir nimada?

Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.

Toshkentda Rossiya fuqarosi o‘z joniga qasd qildi

У яшаш манзили хонадонининг 9-қаватидан ўзини ерга ташлаб юборган ва олган тан жароҳатлари натижасида шу жойнинг ўзида вафот этган.