Surxondaryoda Mirziyoyev qarori bilan ajratilgan 2,5 mlrd. so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

Surxondaryoda Mirziyoyev qarori bilan ajratilgan 2,5 mlrd. so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Prezidentning 02.03.2017 yildagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Meva-sabzavotchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2813-son va 01.03.2022 yildagi "Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 144-son qarorlari ijrosi o‘rganildi.

O‘rganishda, Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatib keluvchi “KT” MCHJ rahbari A.Q.ga Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan uzumzor va tomchilab sug‘orish tizimini joriy etish uchun ajratilgan 2,5 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari talon-toroj etilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan “KT” MCHJ rahbari A.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!