Surxondaryoda haydovchiga kuch ishlatib, uni bo‘g‘gani aytilgan YPX xodimi jazolandi

Surxondaryoda haydovchiga kuch ishlatib, uni bo‘g‘gani aytilgan YPX xodimi jazolandi

13 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida mojaro yuz bergani aks etgan xabar tarqalgandi. Surxondaryo viloyati IIB YHXB bu holatga munosabat bildirdi.

"2021 yilning 13 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda "GAI BILAN HAYDOVCHI SOLISHIB KETDI. GAI HAYDOVCHIGA KUCh ISHLATIB BO‘G‘IB TASHLADI..." sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi. Fuqarolar o‘rtasida IIO xodimlariga bo‘lgan ishonchsizlik keltirib chiqarganligi, muhokamalarga sababchi bo‘lganligi shuningdek, muqaddam unga nisbatan qo‘llanilgan “Tanbeh” intizomiy jazosidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmaganligi va holatga oid boshqa harakatlari o‘rganilib, Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPX otryadi 4-safarbar guruhi YPX inspektori safdor Boltayev N. A ga nisbatan tayinlangan xizmat tekshiruvi xulosasi natijasiga ko‘ra oylik ish haqidan «20 foizi miqdorida jarima» intizomiy jazosi e’lon qilinib, murojaat qilgan fuqaro (haydovchi)ga nisbatan tuzilgan ma’muriy bayonnoma, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasi 1-qismi bo‘yicha yuritilgan ma’muriy ish harakatdan tugatilganligi ma’lum qilinadi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!