Surxondaryo hokimligi ikkita Skoda Kodiaq xaridi yuzasidan izoh berdi

Surxondaryo hokimligi ikkita Skoda Kodiaq xaridi yuzasidan izoh berdi

Surxondaryo viloyati hokimligi «qora metall» rangli ikkita Skoda Kodiaq Ambition avtomobilini xarid qildi. Bu davlat xaridlari portali ma’lumotlarida aks etgan.

Ikkila shartnoma ham 7 iyun kuni tuzilgan bo‘lib, har bir avtomobilning narxi 347 mln so‘mni tashkil etadi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Zaxriddin Turayev «Gazeta.uz» savollariga javob berar ekan, xizmat avtomobillari hokim To‘ra Bobolovning yangi o‘rinbosari va maslahatchisi uchun xarid qilinganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobillarni xarid qilish jarayonida Vazirlar Mahkamasining davlat xizmatchilarining xizmat avtomobillari narxining cheklangan miqdori va yillik harakatlanish limitini nazarda tutuvchi 29 apreldagi qarori talablariga rioya qilingan. Hokimlar o‘rinbosarlari uchun avtomobilning cheklangan narxi 1500 BHMni (367,5 mln so‘m) tashkil etadi, Skoda Kodiaq Ambition esa ushbu cheklovdan 20,6 mln so‘mga arzonroq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!