Suriya sharqida joylashgan AQSh bazasi raketa hujumiga uchradi
Mahalliy manbalar chorshanba kuni erta tongda Qo‘shma Shtatlar harbiy bazasi nishonga olingan yangi raketa hujumi haqida xabar berishdi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, raketa hujumi Iroq cho‘llari va Suriya chegarasi yaqinidan uyushtirilgan.
Mumkin bo‘lgan vayronalar va qurbonlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Gaz koni Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatida joylashgan va Amerika harbiy kuchlari undan baza sifatida foydalanmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)