Mazkur jamoalar rasmiy uchrashuvlar davomida futbolchining funksional holatini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanmagan.
«Superliga va Proliga reglamenti»ning 10.18-bandiga ko‘ra Superliga klubi rasmiy uchrashuvlar davomida futbolchining funksional holatini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanishi hamda bu bo‘yicha hisobotni O‘FA uchun taqdim etib borishi belgilangan.
O‘zini hurmat qilgan har qanday murabbiy uchun bu kabi moslamadan foydalanish odatiy holga aylangan. Biroq o‘zbekistonlik mutaxassislar mazkur masalaga yuzaki qarab kelayotganidan kelib chiqib, Liga assosiasiya bilan hamkorlikda uni reglamentga kiritishga majbur bo‘lgan. O‘FA terma jamoalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar futbolchilar holatini tahlil qilib borishi uchun ham hisobot muhim hisoblanadi. Biroq 2023 yilgi mavsum davomida terma murabbiylari bu borada qiyinchilikka duch keldi.
Sababi Superliganing 8 klubi mazkur masalaga nisbatan yuzaki munosabatda bo‘lgan. Jumladan, OKMK va Nasaf klublari bu kabi moslamaga ega emas. Bunyodkor, Navbahor, Metallurg, Buxoro, Neftchi klublarida faoliyat olib boruvchi tahlilchilar O‘FA mutaxassislariga hisobot taqdim etmagan. Andijon masalasida faqatgina birinchi davra o‘yinlari hisoboti mavjud, ikkinchi davradan boshlab reglament talablarini bajarish to‘xtagan. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5887-sonli farmonida professional futbol klublari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ularda innovasion laboratoriyalar tashkil etish, shu jumladan, futbolchilar jismoniy tayyorgarligini masofadan kuzatish qurilmalari va zamonaviy imitasiya uskunalari bilan ta’minlash masalasiga e’tibor qaratilgan.
Shundan kelib chiqib, O‘FA 2021 hamda 2022 yilgi mavsumlarda Superliganing har bir klubiga foydalanishi uchun Janubiy Koreyaning Fitogether kompaniyasiga tegishli 36 donadan moslamani bepul bergandi. Ammo shundan keyin ham ayrim klublar zamonaviy talablar asosida faoliyat ko‘rsatmayotgani, futbolchilar holati, ulardagi oylik, yillik o‘zgarishlar, o‘sishlar yoki pasayishlarni tahlil qilishning to‘laqonli imkoniyatini bermayapti.
Futbol klublari butun mavsum davomida reglament talabiga bepisand munosabatda bo‘lgani, shuningdek, O‘FAning haqli rasmiy e’tirozidan kelib chiqib, ish tegishli qo‘mitaga oshiriladi. Qo‘mita yig‘ilishiga qadar biror futbol klubi mavjud hisobotni O‘FA uchun rasman taqdim etsa, jazo chorasi nisbatan yengillashtiriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Исроил “Ам Калави” операцияси доирасида Эрон ҳудудида махфий дрон (БПЛА) базасини яратди. Israel Hayom нашрининг хабар беришича, “Ам Калави” операцияси бир неча йиллар давомида тайёрланган.
Исроил хавфсизлик хизматлари вакилининг "Fox News"га билдиришича, махсус чоралар орқали улар Эрон қўмондонлари ҳақида кўпроқ маълумот тўплаб, бу маълумотлар асосида уларнинг ҳаракатини бошқаришга муваффақ бўлишган.
Исроилнинг Эронга ҳаво ҳужуми уюштирганидан кейин минтақадаги хавфсизлик хавотирлари кучайгани учун Туркия бир қатор давлатларга парвозларни вақтинча тўхтатди.
Халқаро атом энергияси агентлиги (МАГАТЭ) маълумотига кўра, Фордо уранни бойитиш корхонаси ва Исфаҳондаги ядровий объект Исроил зарбаларидан талафот кўрмаган.
Ёсир Абу-Шабоб раҳбарлигидаги гуруҳ ҲАМАСдан мустақил анклавни шакллантирмоқда. Исроил уни қўллаб-қувватламоқда, аҳоли эса хавфсизлик излаб шу ҳудудга кўчмоқда.
"Ўзэнергоинспекция" Андижон вилоят ҳудудий бошқармаси томонидан энергетика объектларида олиб борилаётган таъмирлаш ишларида инсон ҳаёти учун хавф туғдириши мумкин бўлган ҳолатлар ўрганилмоқда.
Жумладан, икки нафар ходим иш жараёнида эҳтиётсизлик қилиб, металл нарвонни «Анзур» фидерининг ҳаво электр узатиш тармоғига теккизган. Оқибатда уларни ток урган.
Сешанба куни Австриядаги ўрта мактабга уюштирилган ҳужум оқибатида 10 киши, жумладан ҳужумни уюштирган одамнинг ўзи ҳам ҳалок бўлди, яна 11 киши жароҳат олди.
АҚШда миллий гвардия қўшинлари энди Техас штатига ҳам киритилди. Бу қарор Лос-Анжелесда бошланган ва бутун мамлакатга ёйилаётган норозилик намойишлари туфайли қабул қилинди.
24–25 июн кунлари Нидерландиянинг Ҳаага шаҳрида ўтадиган НАТО саммити учун тайёрланган лойиҳа коммюникесида Украина ҳақидаги энг муҳими — аъзолик ва катта миқдордаги ёрдам масалалари умуман тилга олинмаган.