Konstitusiyamizda belgilanganidek “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas” (25-modda), “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi” (26-modda), mazkur normalarga ko‘ra inson huquqlarini faqat sud orqali himoya qilishga erishish asoslari mustahkamlangan.
Prezidentimizning 2020 yil 24 iyul kuni qabul qilgan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6034-son farmoni ayni mana shu masalalarning yechimini ko‘rsatib bergani bilan ahamiyatlidir. Unda inson huquqlarini ta’minlashga doir olib borilayotgan davlat siyosati ochiq va shaffofligi, bu boradagi qonunchilik takomillashtirilayotgani hamda odil sudlov tizimini yanada isloh qilish namoyon bo‘lmoqda.
Farmon bilan sud tizimining ichki tuzilmasi tartibga solinmoqda. Viloyat sudlarining hozirgi tuzilmasida yagona sud amaliyotini shakllantirishga to‘sqinlik qilayotgan holatlar mavjud edi. Xususan, bu ko‘proq sudlarning tarqoqligidan fuqarolar va tadbirkorlar sarson bo‘layotgani, alohida faoliyat yuritishi sinovdan o‘tgan xorijiy amaliyotga to‘g‘ri kelmasligi kabi muammolar bilan bog‘liq. Endi esa mamlakatimizda viloyat darajasidagi jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlar birlashtirilib, yagona umumyurisdiksiya sudlari tashkil etiladi.
Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish institutini tugatish, sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish institutini bekor qilish va jinoyat ishlarini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishining umumiy tartibda ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichini kiritish belgilandi.
Shuningdek, insonning konstitusiyaviy huquqlariga rioya etish maqsadida yangi tartib, davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitasiya asoslariga ko‘ra jinoyat ishini tugatish instituti joriy etilmoqda. Ya’ni sudda jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotganda shaxsni ayblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lmasa yoki uning aybi tasdiqlanmasa ushbu tartibga rioya etish talab etiladi.
Joriy etilayotgan tartib prokuratura va sud orasidagi munosabatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga hamda prosess ishtirokchilarining o‘zaro muvozanatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, prokuror tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori bo‘yicha ishlarni, ushbu ishlar yuzasidan taraflar murojaati mavjud bo‘lgan holdagina, suddan chaqirib olib o‘rganish hamda qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari sudlarda boshqa shaxslarning tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko‘rilishida prokuror o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishini istisno etish tartibi belgilandi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda sud ostonasidan kirib kelgan har bir fuqaro adolat barqaror hukm topayotganiga, inson huquqlari davlat himoyasida ekanligiga aniq ishonch hosil qilishi, buning uchun esa sudyalar qonun himoyachisi, adolat atalmish qo‘rg‘onning mustahkam ustunlari bo‘lishi kerak.
Jasurbek Qurbonov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudi raisi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.
БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.
20 июнь куни “Eco Expo Central Asia 2025” халқаро экологик технологиялар кўргазмаси доирасида Қозоғистон Республикаси Экология ва табиий ресурслар вазири Ерлан Нйсанбаев иштирокчиларнинг кўргазма стендлари билан танишди. Юқори мартабали меҳмонга Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов ҳамроҳлик қилди.
Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.