Suares Messi bilan 1 yil birga to‘p tepadigan bo‘ldi

Suares Messi bilan 1 yil birga to‘p tepadigan bo‘ldi

Luis Suares "Inter Mayami"ga o‘tadi.

36 yoshli hujumchi yaqin haftalarda Amerika jamoasiga qo‘shiladi, deb xabar beradi Miami Herald.

Tomonlar hozircha hech qanday hujjat imzolashmagan, ammo transfer muqarrar. Futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

"The Athletic"ning qo‘shimcha qilishicha, "Inter" allaqachon kelishuvga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Suaresning "Barselona"dagi sobiq hamkorlari Lionel Messi, Serxio Buskets va Jordi Alba Florida klubida o‘ynashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!