Stoltenberg: NATO har bir metr infratuzilmani doimiy ravishda himoya qila olmaydi

Stoltenberg: NATO har bir metr infratuzilmani doimiy ravishda himoya qila olmaydi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans “o‘zining muhim infratuzilmasining har bir metrini doimiy ravishda himoya qila olmasligini” tan oldi.

"Biz bu infratuzilmaning har bir metrini doim himoya qila olmasligimizni hisobga olib, biz doimiy ravishda razvedka ma’lumotlari bilan almashamiz, infratuzilmadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Stoltenberg, shuningdek, NATOning ko‘proq mashg‘ulotlar o‘tkazish niyatini ma’lum qildi.

The Washington Times sharhlovchisi Maykl Makkena avvalroq Ukraina qurolli kuchlarining jang maydonidagi muvaffaqiyatsizliklari G‘arbni Kiyev rejimiga harbiy yordam berishdan bosh tortishga majbur qiladi, degan fikrni bildirgan edi.

Shuningdek, NATO Bosh kotibi alyans Kiyevga yetkazib berish uchun snaryadlar zaxirasini tugatganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!