Stoltenberg ittifoqchilarning Ukrainaga yordami davom etishiga ishonadi

Stoltenberg ittifoqchilarning Ukrainaga yordami davom etishiga ishonadi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina ittifoqchilari Kiyevga yordam berishda davom etishiga ishonch bildirdi.

Jurnalistlar Slovakiyaning Ukrainaga yordamni blokirovka qilish bo‘yicha pozisiyasiga izoh berishni so‘rashganida, Stoltenberg har bir aniq ittifoqchi haqida alohida gapirmasligini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, umuman olganda, Ukraina hamkorlari Kiyevga yordam ko‘rsatish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirmoqda.

“Ishonchim komilki, bunday yordam davom etadi, chunki bu NATOning barcha a’zolari xavfsizligi manfaatlariga javob beradi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!