Stoltenberg Erdog‘an bilan hamfikr ekanini aytdi

Stoltenberg Erdog‘an bilan hamfikr ekanini  aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘rtasidagi muzokaralar yakshanba kuni Istanbulda yakuniga etdi.

Jurnalistlarga Turkiya rahbarining ofisida aytilishicha, ular bir yarim soatga yaqin davom etgan.

Muzokaralarning asosiy mavzusi Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayoni bo‘ldi. Ularda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, milliy mudofaa vaziri Yasar Guler va Turkiya prezidentining sobiq matbuot kotibi Ibrohim Kalin ham ishtirok etdi. Ikkinchisi, turk matbuotiga ko‘ra, tez orada razvedka boshlig‘i lavozimiga tayinlanishi mumkin.

Yens Stoltenberg Istanbulda Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Shvesiya Turkiyaning uch tomonlama memorandum doirasidagi talablarini bajarganini va NATOga a’zo bo‘lish huquqiga ega ekanligini aytdi.

“Shvesiya o‘z majburiyatlarini bajardi. Aniq qadamlar tashlandi, qonunlar o‘zgartirildi. Shvesiyadagi namoyishlar qiyinchiliklarni keltirib chiqarganini tan olaman. Yig‘ilishlar erkinligi va so‘z erkinligi himoya qilinishi va hurmat qilinishi kerak. Ammo bu namoyishlar tashkilotchilari Shvesiyaning NATOga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda”, - deya ta’kidladi u.

Stoltenberg, “Prezident Erdog‘an bilan bugungi uchrashuv chog‘ida Shvesiya bilan doimiy mushtarak mexanizmning navbatdagi yig‘ilishining 12 iyun kuni bo‘lib o‘tishiga kelishib oldim” dedi. Shu bilan birga, u NATOning Vilnyusdagi sammiti oldidan Turkiyada Shvesiya arizasini ratifikasiya qilish uchun hali vaqt borligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!