Bugun, 16-aprel kuni O‘zbekiston Sport vaziri Adkham Ikramov Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari yangi bosqichga olin chiqilayotganini ta’kidlab bu borada har bir sohada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini qayd etib o‘tdi.
Shu o‘rinda Sport vaziri A.Ikramov joriy yil fevral oyida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar va ikki tomonlama uchrashuvlarni xotirlab, sport sohasida hamkorlik aloqalari yangi davrga kirganini ta’kidladi.
Xususan bugungi kunga qadar O‘zbekiston va Belarus mamlakatlari sport sohasiga oid tashkilotlari hamkorligida sportni rivojlantirishga oid qator hujjatlar imzolangan bo‘lib, ular doirasida ikki mamlakat sport bazalarida boks, tayekvondo, futzal, dzyudo kabi sport turlari bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilib kelinmoqda.
Shu qatorda elchi L.Marinich tomonidan O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor o‘z natijasini berayotgani, so‘z isboti sifatida Belarus Respublikasida o‘tgan yili avgust oyida o‘tkazilgan II MDH o‘yinlarida o‘zbek sportchilar yuqori natijalari qayd etganini ta’kidladi.
Shu bilan birga elchi janoblari tomonidan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga oid qator takliflar ilgari surildi. Xususan joriy yilda Belarusda suv sport turlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalarga o‘zbek sportchilarini ham taklif qiladi. Shuningdek bir nechta sport turlari bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va bunda Belarus hamda O‘zbekistonda mavjud sport bazalarida samarali foydalanish takliflari ilgari surildi.
Uchrashuv elchi tomonidan O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Futzal bo‘yicha Jahon chempionati va 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini yuqorida saviyada o‘tkazib olishda omad tiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.