Somali poytaxtida sodir etilgan terakt oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi

Somali poytaxtida sodir etilgan terakt oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi

Somalining poytaxti Mogadishoda sodir bo‘lgan portlash va otishmada 32 kishi halok bo‘ldi, 63 kishi yaralandi.

«Ash-Shabob» terrorchilari Mogadishodagi Beach View mehmonxonasi va Lido plyajiga hujum qildi, deb xabar berdi Metropoliten polisiyasi matbuot xizmati.

Xudkush-terrorchi plyajdagi olomon orasida o‘zini portlatib yuborgan va o‘sha paytda yana bir necha jangari mehmonxonada o‘t ochgan, deya ta’kidladi matbuot xizmati.

Xavfsizlik kuchlari tun bo‘yi jinoyatchilarni ta’qib qildi. Polisiyaning ta’kidlashicha, terakt katta vahima va tartibsizlikni keltirib chiqardi.

Internetda tarqatilgan kadrlar mehmonxona majmuasi hududidagi portlashdan so‘ng o‘lganlarning jasadlari hamma joyda yotganini ko‘rish mumkin. Hujum uchun javobgarlikni «Ash-Shabab» terror tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.
Somalining poytaxtida sodir etilgan terror hujumida 32 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!