Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish

A A A
Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish

Insoniyatning butun tarixi davomida hech bir davlat soliqlarsiz mavjud bo‘la olmagan. Bu oddiy haqiqat O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ham o‘z aksini topgan, ya’ni har bir fuqaro qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashi lozimligi belgilangan.

Soliq tajribasi soliqqa tortishning bosh tamoyilini belgilab berdi: «Oltin tuxumlar qo‘yadigan tovuqni so‘yib bo‘lmaydi», ya’ni aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj qanchalik katta bo‘lmasin, soliqlar soliq to‘lovchilarning xo‘jalik faoliyatidan manfaatdorligini buzmasligi kerak.

Xush, soliq o‘zi nima va soliq deganda qonun ishlab chiqaruvchi bu ibora tagida nimani nazarda tutadi?

Soliq – qonun bilan o‘rnatilgan miqdorlarda va belgilangan muddatlarda byudjet fondiga tushadigan majburiy to‘lov.

Davlat tomonidan belgilangan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turli xil majmui, ularning shakllari va tuzilishining usullari davlatning soliq tizimini hosil qiladi.

Soliq tizimi davlat bilan birga yuzaga kelgan va rivojlanib borgan. Davlat shakllanib borishining eng ilk bosqichlaridagi qo‘rbonlik keltirishni soliqqa tortishning boshlang‘ich shakli deb hisoblash mumkin. U yozilmagan qonun bo‘lib, shu tariqa majburiy to‘lov yoki yig‘imga aylanib borgan.

Jamiyat rivojlanishining tarixida hali birorta davlat soliqlarsiz faoliyat olib bormagan, chunki unga jamoa manfaatlarini qondirish bo‘yicha o‘z funksiyalarini bajarish uchun muayyan summadagi pul mablag‘lari zarur bo‘ladi va uni davlat faqat soliqlar vositasida to‘play oladi.

Shundan kelib chiqib, soliq yukining eng kichik miqdori davlat funksiyalarining eng kamini bajarish uchun davlat sarflaydigan xarajatlar bilan belgilanadi: bular boshqaruv, mudofaa, sud, tartibni saqlash va boshqalar, davlatga ancha ko‘p funksiyalarni bajarish yuklatilgan bo‘lsa, u shuncha ko‘p soliq to‘plashi zarur bo‘ladi.

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlatning yuridik va jismoniy shaxslar bilan yuzaga keladigan pul munosabatlari bilan xarakterlanadi. Bu pul munosabatlari ob’ektiv shartidir va o‘ziga xos ijtimoiy maqsadga - pul mablag‘larining davlat ixtiyorida to‘planishiga ega. Shuning uchun soliq quyidagi unga tegishli funksiyalar bilan birga iqtisodiy kategoriya sifatida saralashi mumkin:

·Fiskal - muayyan maqsadlarda foydalanish uchun byudjetga daromadlarning bir qismini olib qo‘yish.

·Rag‘batlantiruvchi - soliq imtiyozlari, sanksiyalari yordamida texnik taraqqiyot, kapital qo‘yilmalar, ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari hal qilinadi.

·Tartibga soluvchi - byudjetlar o‘rtasidagi va byudjet tizimi ichidagi munosabatlarni tartibga solish.

·Taqsimlovchi va qayta taqsimlovchi. Soliq yordamida milliy daromad taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.

·Ijtimoiy - soliq imtiyozlari hisobiga ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qo‘llab-quvvatlanadi (ayrim jismoniy va yuridik shaxslarni soliqdan ozod yetish).

·Nazorat - soliqlar yordamida korxonalarning faoliyatini nazorat qilish, xarajatlar va foydani shakllantirish amalga oshiriladi.

Bugungi kunda soliq tizimi bozor munosabatlari boshlanishini mustahkamlashga amaliy ta’sir etish, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish va bir vaqtning o‘zida aholining past daromadli qatlamlarining ijtimoiy taqqoslashish yo‘liga to‘siq bo‘lib xizmat qilishga yo‘naltirilgandir.

Soliqlar davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri va davlatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishning iqtisodiy vositasidir. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga soliq davlat byudjetini shakllantirish, jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarni soliqqa tortish vositasida rivojlantirishga ta’sir etish usulidir. Shunday qilib, davlatning mavjud bo‘lishi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliq tushumlari - davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.

Soliqlar, qarzlar bilan birga har qanday mamlakat mavjud bo‘lishining manbaidir. Davlatning to‘lov qobiliyati va jahon hamjamiyatidagi umumiy mavqei muayyan darajada uning byudjetidagi soliqlar va arzlar ulushining nisbatiga bog‘liqdir. Soliq tushumlari yetarli bo‘lmagan hollarda davlat xorijiy davlatlarning kreditlariga murojaat qilishga, mamlakat aholisi o‘rtasida qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishga (ichki qarz olish) va xorijiy investorlar uchun maxsus qog‘ozlarni chiqarishga (tashqi qarz) majbur bo‘ladi.

Dunyoda hech kim soliq to‘lashni yoqtirmaydi, lekin birorta davlat ham soliqlarsiz yashay olmaydi. Soliq munosabatlari umumdavlat darajasida daromadlar tizimini yaratish ehtiyojlari mavjudligi sababli yuzaga keladi. Soliqlarsiz byudjet bo‘lmaydi.

Davlat byudjeti daromadlarining kattagina qismi bilvosita soliqlar hisobiga shakllantiriladi. Umuman olganda esa oxirgi yillarda byudjetni shakllantirishda bilvosita soliqlarning roli oshib bormoqda - bu soliq yuki tobora ko‘proq yuridik shaxslardan jismoniy shaxslarga o‘tkazilayotganligini bildiradi.

Byudjetning daromad qismini shakllantirishda soliqlarining roli juda yuqori. Keyingi vaqtda u byudjetga soliq tushumlarining 24-27,5% ga yaqinini tashkil yetmoqda.

Yuridik shaxslarning daromad (foyda) lariga soliq solinadigan soliq salmog‘i ulushi doimiy ravishda kamayib bormoqda.

Ushbu yo‘nalish, analitiklarning fikriga ko‘ra, korxonalarning asosiy qismi uchun soliq yukining kamaytirilishi to‘g‘risida emas, balki soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashlarning, shu jumladan, yakka tartibda soliq imtiyozlari olish yo‘li bilan, ko‘payib borayotganligidan dalolat beradi.

Jismoniy shaxslarning daromad soliqlariga kelganda esa byudjetni shakllantirishda uning ulushi rejali tarzda oshib bormoqda.

Umuman olganda, shuni qayd qilish mumkinki, soliq tizimini tartibga solishning mavjud tendensiyasi soliq yukini ishlab chiqarishdan iste’molga ko‘chirishga yo‘naltirilgan. Byudjetga soliqlar tushishi nuqtai nazaridan bu byudjetning daromad qismini mustahkamlashi zarur, chunki egri soliqlar uning ancha barqaror manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan esa egri soliqlarga tayanish davlatning investisiya siyosatini amalga oshirishdagi roli passivligidan va soliq yukining asosiy qismini jismoniy shaxslar zimmasiga yuklashidan dalolat beradi.

Tadbirkorlar va tadbirkorlik sub’ektlari soliq to‘lash va davlat byudjetini to‘ldirish borasida eng yirik va salmoqli o‘rinni egallaydi.

Tadbirkorlik - kapital sarflab tovar va xizmatlar yaratish bilan foyda topishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat, biznesning asosiy turi. Tadbirkorlik mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishidir. Tadbirkorlik noyob qobiliyat, yer, mehnat, kapital, axborotlar bilan bir qatorda iqtisodiyot va ishlab chiqarishning bosh omillaridan biri hisoblanadi. Tadbirkorlik biznesga kiradi, lekin har qanday biznes tadbirkorlik bo‘lavermaydi. Biznesda tovar va xizmatlar yaratilib, bozordagi talab qondirilganda Tadbirkorlik faoliyati yuzaga keladi.

Tadbirkorlik tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalsada, ushbu tushuncha
18 asrda paydo bo‘lgan va ko‘pincha «mulkdor» iborasi bilan bir ma’noda qo‘llanilgan. Xususan, A.Smit tadbirkorni foyda olish uchun bironbir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko‘ruvchi mulkdor deb tavsiflaydi. Hozizgi zamon G‘arb adabiyotida ham tadbirkorlik foyda olish maqsadida xo‘jalik yuritish san’ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik va tashabbusning erkin namoyon bo‘lishi, novatorlik, xavfxatarga doim tayyor turish kabi belgilar bilan tavsiflanadi.

Tadbirkorlik quyidagi tamoyillarga tayanadi: bozor talabiga ko‘ra mustaqil iqtisodiy faoliyat olib borish; foyda olishdan iborat maqsadga ega bo‘lish; iqtisodiy mas’uliyat va majburiyatni o‘z zimmasiga olib, tavakkaliga ish kila bilish; yangilikka intilish; belgilangan qonunqoidalarga rioya qilish; tadbirkorlik sirini saklash; ijtimoiy mas’uliyatni his etish, ya’ni o‘z jamoasi, xalqi farovonligini ta’minlashni o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishi deb bilish va boshqalar.

Tashkiliy jihatdan tadbirkorlik jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatidan iborat. Tadbirkorlik biznes sifatida, asosan, sanoat, agrar va servis sohalarda kechadi. Tadbirkorlik mulkiy jihatdan 4 xil kurinishga ega: davlat tadbirkorligi; xususiy tadbirkorligi; jamoa tadbirkorligi; aralash tadbirkorlik.

Ish ko‘lami jihatidan kichik, o‘rta va yirik tadbirkorlikka bo‘linadi. Ular bir biridan kapital miqdori, ishlovchilar soni, yaratilgan mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati (hajmi) va olingan foyda miqdoriga qarab farqlanadi.

Tadbirkorlik g‘oyat murakkab faoliyat bo‘lganidan, maxsus iste’dod, tayyorgarlik va tajribani talab qiladi. Yer yuzida tadbirkorlik bilan aholining 8—10% shug‘ullanadi, xolos.

O‘zbekistonda tadbirkorlik tarixan ko‘hna hodisa hisoblansada, bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlar natijasida 20-asrning 90 yillaridan boshlab kichik va o‘rta savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga xizmat kursatish korxonalarining xususiylashtirilishi munosabati bilan xususiy tadbirkorlik ancha rivojlandi. Respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning dastlabki bosqichida «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida» qonuni, «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida», «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida», «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida» qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risidagi» farmoni O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosiy tayanchi bo‘lgan tadbirkorlar toifasini shakllantirishga huquqiy bazani yaratdi.

Soliq imtiyozlari tizimidan foydalanish, u tadbirkorlik faoliyatiga investisiyalar kiritish jarayonlarini rag‘batlantiradi va bir vaqtning o‘zida ijtimoiy adolat tamoyilini amalga oshiradi, shu bilan birga fuqarolarga yashash uchun zarur minimumni kafolatlaydi. Imtiyozlar aniq bir to‘lovchilar uchun belgilanmasligi, ular barcha uchun bir xil bo‘lishi kerak.

Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirish orqali ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olishHar qanday tadbikorlikni rivojlantirish, uni qo‘lla-quvvatlash hamda himoya qilish maqsadida Davlat soliq imtiyozlarini joriy etadi.

Yuqorida qayd qilinganidek, soliq imtiyozlari – ayrim jismoniy va yuridik shaxslarni soliqdan ozod yetish sifatida baholanib, ular hisobiga ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qo‘llab-quvvatlanishi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksinnig 246-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish maqsadida quyidagilar soliq solishdan ozod etiladi:

1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;

2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlar;

3) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda — boshqa tashkilotlar va shaxslar yo‘nalishlari bo‘yicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam ko‘rsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar;

4) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar;

5) qonun hujjatlariga muvofiq alohida qimmatga ega madaniy meros ob’ektlari jamoasiga kiritilgan, davlat madaniyat muassasalari tomonidan olingan yoki ular tomonidan sovg‘aga olingan madaniy qimmatliklar. Ushbu soliq solishdan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tegishli tasdiqnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi;

6) o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar;

7) xalqaro kitob almashinuvi bo‘yicha davlat kutubxonalari va muzeylari tomonidan olinadigan bosma nashrlarning barcha turlari, shuningdek xalqaro notijorat almashinuvini amalga oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan kinematografiya asarlari;

8) milliy valyuta va chet el valyutasi, qonuniy to‘lov vositalari bo‘lgan banknotlar (bundan kolleksiyalash uchun mo‘ljallanganlari mustasno), shuningdek qimmatli qog‘ozlar;

9) xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kiriladigan tovarlar, agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa;

10) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikasiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;

11) dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xom ashyo. Mazkur norma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ham ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shuni ta’kidlash joiizki, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, davlat nazoratini takomillashtirish va «Soliqchi — ko‘makchi» tizimi orqali ularga nisbatan ma’muriy va soliq yukini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish har qanday davlatning eng asosiy vazifasi hisoblanadi.

Davlat Bobonorov, Navoiy viloyat ma’muriy sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi

Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.

Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi kutilyapti

Бу ҳақда футбол журналисти Яҳёхўжа Улуғхўжаев хабар бермоқда.

Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi

АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди. Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09). Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02). Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).

Eldor Shomurodov yangi jamoasining taklifini qabul qildi

Унга Туркия ва Италия клублари қизиқиш билдираётганди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

Vladimir Putinning josuslari Ronaldudan foydalangani ma’lum bo‘ldi. Lekin qanday qilib?

Германияда Россия учун жосусликда айбланиб қамалган, кўзга оддий кўринган бир жуфтлик фош бўлиши орқали бу ҳайратланарли воқеа ошкор бўлди.

Bu yulduz "Barselona"ga o‘ta olmaganidan afsusda

"Атлетик" вингери Нико Уильямс ўтган йили "Барселона"га ўта олмаганидан афсусда.

Germaniya kansleri: Isroilning “iflos ishi” haqidagi fikrimdan afsuslanmayman

Германия канцлери Фридрих Мерц Исроилнинг Эронга қарши амалиётини “Ғарбнинг ифлос иши” деб атаган баёнотидан афсусланмаслигини маълум қилди.

Saudiyaliklar Messiga dahshatli shartnoma taklif qilishdi

Бу ҳақда TEAMtalk нашри хабар берди.

Xomanaiy: «Isroil deyarli quladi»

Хоманаий, шунингдек, АҚШ президенти Дональд Трампни Қатардаги америкалик ҳарбий базага берилган Эрон зарбалари таъсирини камайтиришга уринганликда айблади.

Gazoda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni bir kunda 19 nafarga yetdi

Бу ҳақда тиббиёт ходимлари ва гувоҳлар маълум қилди.

Dunyo bo‘ylab 316 mln kishi giyohvand moddalar iste’mol qiladi — BMT

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти дунё бўйлаб 2023 йилда гиёҳванд моддаларни истеъмол қилувчилар сони 316 миллион кишига етганини маълум қилди.

Yaponiyada 3 yillik tanaffusdan keyin yana o‘lim jazosi amalga oshirildi

Қатл этилган шахс Такахиро Шираиши бўлиб, у тўққиз кишини ўлдирган ва қисмларга бўлган.

Homanaiy Eron xalqini Isroil ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

У, шунингдек, АҚШ ҳам таслим бўлганини таъкидлаган.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan 3 kishi osib o‘ldirildi

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi

Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.

Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi

Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.

Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, мазкур шахслар муқаддам бир неча маротаба судланган бўлишларига қарамасдан, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.

Shakarsiz va yog‘siz qahva o‘lim xavfini kamaytiradi

АҚШлик олимлар кунига 1-2 финжон қора қаҳва ичиш ҳар қандай сабабдан ўлим хавфини 14 фоизга камайтиришини аниқлади.

Dneprga raketa hujumi: halok bo‘lganlar soni 8 nafarga yetdi, 150 dan ortiq kishi jarohat oldi

Бу ҳақда маҳаллий ҳокимиятлар хабар бермоқда.

Aftidan, kelishib olishdi. Ammo hali aniq emas

Исроил кейинги зарбалардан тийилишга ваъда берди.

Isroil tinchlik kelishuviga qaramasdan Eronga zarba berdi

Axios манбасига кўра, бугун Жо Байден Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхудан Эронга ҳужум қилмасликни сўраган. Аммо Нетаньяху фақат зарба масштабини қисқартиришга рози бўлган.

FOTOGALEREYA: Eronning bugungi hujumi Isroilni qay ahvolga soldi?

Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.

Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

Маълум қилинишича, бу каби хабарлар мутлақо асоссиз, ҳеч қандай ҳақиқатга тўғри келмайди.

Yaqin Sharqdagi vaziyat qanday?

Эроннинг ядровий иншоотларига зарбалар унинг ядровий дастурини тўхтата олмайди, деди Франция мудофаа вазири Лекорну.

Eron Qo‘shma Shtatlarning Qatardagi bazalariga 10 ta raketa va Iroqdagi bazasiga 1 ta raketa uchirgan

"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bazalariga hujum yuzasidan bayonot berdi

Энди "ур ва қоч" даври тугади — агар бундай ҳужумлар яна такрорланса, АҚШнинг Ғарбий Осиёдаги мавжудлиги тезроқ емирилади, дейилади баёнотда.