Sobiq prezident prokuraturaga chaqirtirildi

Sobiq prezident prokuraturaga chaqirtirildi

Ukraina Bosh prokuraturasi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni yevromaydan chog‘ida sodir etilgan qotilliklar ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirtirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Poroshenko guvoh tariqasida so‘roqda qatnashadi. So‘roq ertaga, 7 may kuniga rejalashtirildi.

2016 yil noyabrda ushbu ish bo‘yicha Poroshenko guvoh sifatida so‘roq qilingandi.

Maydan (Mustaqillik maydon) - Kiyevning asosiy maydoni Yevropa ittifoqi bilan bitim imzolash to‘xtatilishi haqida Nikolay Azarovning hukumat bayonotidan so‘ng 2013 yilda 21 noyabrda yevrointegrasiya tarafdorlari tomonidan bosib olingan.

Keyinchalik maydan huquq tartibot organ va radikallar to‘qnashuvlar maydoniga aylandi. Ukrainaning yangi hukumati 100 dan ortiq kishining halok bo‘lishi uchun javobgarlikni Yanukovichga yuklatdi. Yanukovich va Berkut xodimlari bu qotilliklarga aloqadorligini inkor etmoqda. Davlat to‘ntarishidan so‘ng Berkut tarqatib yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!