Sobchak kutilmaganda Kiyevga uchib keldi

Sobchak kutilmaganda Kiyevga uchib keldi

Rossiya prezidentligiga nomzod, jurnalist va teleboshlovchi Kseniya Sobchak Kiyevga keldi. Bu to‘g‘rida u Instagram sahifasida xabar bergan.

Salom, Kiyev! - deb yozgan Sobchak Ukraina poytaxtidagi Yevropa maydonidan olingan videoyozuv ostiga.

Jurnalistning mazkur publikasiyasida Ukraina poytaxti kiev shaklida yozilgan. Na rus tilida, na inglizchada va na ukrain tilida bunday so‘z mavjud emasligi, poytaxt nomining xato yozilgani ko‘pchilik e’tiborini tortdi.

O‘tgan yilning mart oyida Sobchak Ukraina davlat chegaralarini buzish da ayblangan edi. Keyinroq esa u ko‘pchilik qrimliklar Rossiyada yashashni orzu qilishini va masala referendum orqali yechim topishi to‘g‘risida bong urgan. Xullas, jurnalist qizni ukrainlar unchalik ham yoqtirishmaydi. Qrim masalasida shundoq ham ko‘ngli yarim mamlakatga bunday qaqildoq larning oddiy imloviy xatolari ham og‘ir botishi tabiiy. Ko‘ramiz, kuzatamiz, katta siyosatlarda kichik-kichik figuralar qanday vazifalarni bajarishar ekan...

ria.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!