“Snapchat” asirasi o‘zining haqiqiy rasmini ko‘rib aqldan ozib qoldi

“Snapchat” asirasi o‘zining haqiqiy rasmini ko‘rib aqldan ozib qoldi

Buyuk Britaniyaning Meydstoun shahrida istiqomat qiluvchi qiz Snapchat ga haddan ortiq qaram bo‘lib qoldi. Bir kuni esa tashqi ko‘rinishining filtrsiz holatini ko‘rib, kuchli depressiyaga tushib qoldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, talaba qiz olti oy ichida Snapchat ga shunchalik o‘rganib qolganki, natijada unda ruhiy holat asta-sekin o‘zgara boshlagan.

Qiz oddiy rasmlarga tushishni to‘xtatgan.

Bir kuni esa oddiy fotosuratlari yo‘qligini tushunib, dasturni o‘chirib tashlashga qaror qilgan.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, u bir necha kun davomida o‘zining filtrlarsiz suratini ko‘rib shokka tushganligi bois yotoqxonasidan chiqa olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!