Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat.Alimov hududdagi 8-son tergov hibsxonasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan mahbuslarning sharoitlari bilan tanishdi.
Dastlab mintaqaviy vakil bilan yakkama-yakka tarzda uchrashmoqchi bo‘lgan mahbuslar murojaatlari tinglandi. Mahbuslar Ombudsman vakilining apellyasiya sudi majlislarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi va sudlarda advokat ishtirokini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rashdi. Murojaatlar nazoratga olindi.
Muassasadagi oshxona ko‘zdan kechirilganda tergov hibsxona boshlig‘ining oylik tasdiqlangan menyusiga asosan hibsxonada saqlanayotgan mahkum va mahbuslarga taomlar tayyorlanib, oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq va taomnomaga mos berilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Tergov hibsxonasining ma’muriy binosida tergov harakatlari o‘tkazish uchun bitta tergov xonasi ajratilgan bo‘lib, ushbu xonaga videokamera o‘rnatilgan.
Hibsxonadagi 2 ta advokat bilan uchrashuv xonalari kameradan holi bo‘lib, advokatlar bugungi kunda muassasada saqlanayotgan shaxslar bilan hech qanday qarshiliksiz uchrashayotganligi aniqlandi.
Muassasadagi tibbiy bo‘linmaga 10 ta shtat birligi ajratilgan bo‘lib hozirgi kunda vakant o‘rinlar mavjud emas. Tibbiyot xonalari qayta ta’mirlangan va to‘liq tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Dori-darmon zaxirasi bo‘yicha ham kamchilik aniqlanmadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Ҳодиса оқибатида енгил машина ҳайдовчиси ва олд ўриндиғидаги йўловчи — ҳайдовчининг синфдоши бўлган бола оғир тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.
Буни тасаввур қилиш учун айтиш мумкинки, бу бино Ню-Ёркнинг осмонўпарлар ўрмонида ҳам ўзини йўқотмай, Empire State Building ва One World Trade Center томидан ҳам баланд кўтарилади.
Буни тасаввур қилиш учун айтиш мумкинки, бу бино Ню-Ёркнинг осмонўпарлар ўрмонида ҳам ўзини йўқотмай, Empire State Building ва One World Trade Center томидан ҳам баланд кўтарилади.
Вазирлик томонидан қайд этилганидек, мамлакатда амалга оширилаётган бундай янгиликлар табиий компонентлар асосидаги юқори сифатли дори воситалари орқали биофармацевтика саноатини ривожлантириш имконини беради.
Шифокорларнинг саъй-ҳаракатларига қарамай, юз, бўйин, қўл, оёқ ва сон қисмларидан куйиш жароҳатларини олган икки бола ҳам вафот этди, дейилади хабарда.
Трампнинг йирик божлар жорий этиши жаҳон бозорларининг кескин пасайишига сабаб бўлди, деб хабар бермоқда Bloomberg. Дунёнинг энг бадавлат 500 кишиси бир кунда уларнинг бойлиги 208 миллиард долларга камайганини кўрди, ярмидан кўпи ўртача 3,3 фоизга камайган.