Sirdaryoda koloniyada jazo o‘tayotgan shaxs 14 yoshli qizchani qasddan o‘ldirdi

Sirdaryoda koloniyada jazo o‘tayotgan shaxs 14 yoshli qizchani qasddan o‘ldirdi

20 avgust kuni soat 04.00larda noma’lum shaxs Xovos tumani, Minor ko‘chasidagi uylarning biriga yashirin kirib, uyning barcha xonalaridan pul va qimmatbaho buyumlarni izlash jarayonida yotoqxonada yotgan 14 yoshli qizni (yuzini ko‘rib qolganligi sababli) pichoq bilan qasddan o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov "Aniq.uz"ga xabar berdi.

So‘ng, pullarni qidirishni davom ettirib, uyning boshqa xonasida nomoz o‘qish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan 78 yoshli ayolga pichoq bilan tahdid qilgan holda pullar qayerda ekanligini talab qilgan. Biroq, ayoldan “pullar yo‘q” degan javobni olgach, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Xovos tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatni fosh etish borasida tergov-tezkor guruhi tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 1997 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, oxirgi marotaba 2018 yilda bosqinchilik bilan sudlanib, hozirda manzil koloniyada jazo o‘tayotgan shaxs sodir etganligi aniqlandi.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!