Sirdaryoda IIB YHXB YPX xodimlariga xizmat tekshiruvidan so‘ng qanday chora ko‘rildi?

Sirdaryoda IIB YHXB YPX xodimlariga xizmat tekshiruvidan so‘ng qanday chora ko‘rildi?

Joriy yilning 21 iyun kuni ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan "Uz GAI. Polniy bespredel 1 chast (k chemu privodit prostaya proverka dokumentov)”. “Uz GAI. Polniy bespredel 2 chast (k chemu privodit prostaya proverka dokumentov)" sarlavhali video lavha yuzasidan 22 iyun kuni sahifamizda munosabat bildirilgan edi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini buzganligi uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPXO xodimlari U.Zaripovga “Lavozim maoshining 20 foiz miqdorida jarima”, S.Sharipovga “Lavozim maoshining 10 foiz miqdorida jarima” va I.Yoqubovga “Qattiq hayfsan” intizomiy jazosi e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!