Sirdaryoda yetakchi mutaxassis ishxonasida o‘zini osdi

Sirdaryoda yetakchi mutaxassis ishxonasida o‘zini osdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boyovutda tashkilot xodimining onlayn qimor qurboni bo‘lganligi aytilmoqda” sarlavhali xabar e’lon qilingan.

Aniqlanishicha, Boyovut tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan T.B. 13.06.2022 yilda o‘zi ishlab kelgan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ma’muriy binosining ikkinchi qavatidagi bo‘sh xonasida, ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan va hozirda aniqlik kiritilayotgan shaxsiy muammolari sababli xona eshigining to‘siniga sirtmoq bilan bo‘yin qismidan osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi Boyovut tumani prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman IIB tezkor-tergov guruhi a’zolari va tuman prokuraturasi tergovchisi tomonidan ko‘zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!