Singapur Prezidenti Halima Yaqub xonim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi

Singapur Prezidenti Halima Yaqub xonim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro markazda zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, muhaddislar merosi tadqiq etilayotgani, qisqa vaqt ichida o‘nlab tarixiy kitoblar nashr etilgani haqida ma’lumot berildi.

Muzeydagi tarixiy ashyolar va turli davrlarga oid Qur’on va boshqa muqaddas kitoblar nusxalari, buyuk muhaddisning hayoti xronologik tartibda ishlangan suratlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Singapur Prezidenti Hadis maktabida ham bo‘ldi va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar hamda tinglovchilar bilan suhbatlashdi.

Maktabda hadis ilmini o‘rganayotgan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarga yuqori baho berildi.

Halima Yaqub xonim hadis maktabi tinglovchilari bilan birga suratga tushdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!