Si Szinpin Sholsga Ukraina inqirozini hal qilishning to‘rt tamoyilini taklif qildi

Si Szinpin Sholsga Ukraina inqirozini hal qilishning to‘rt tamoyilini taklif qildi

Xitoy yetakchisi Si Szinpin Pekinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvda Ukrainadagi inqirozini hal qilishning to‘rt tamoyilini taklif qildi, deb yozmoqda "Sinxua" agentligi.

Tamoyillar quyidagicha:

"Birinchidan, tinchlik va barqarorlikni saqlashni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz, g‘arazli manfaat ko‘zlashdan saqlanishimiz kerak.

Ikkinchidan, olovga moy sepgandan ko‘ra vaziyatni yumshatishimiz kerak.

Uchinchidan, tinchlikni tiklash uchun sharoit yaratishimiz, keskinlikni yanada kuchaytirmaslik kerak.

To‘rtinchidan, biz global iqtisodiyotga salbiy ta’sirni kamaytirishimiz va global sanoat va ta’minot zanjirlari barqarorligiga putur yetkazishdan tiyilishimiz kerak”, — deya Xitoy rahbarining so‘zlarini keltirgan agentlik.

Shols 14 aprel kuni Xitoyga tashrif buyurdi. Bu uning Germaniya kansleri sifatida Xitoyga ikkinchi safari. Unga atrof-muhit, qishloq xo‘jaligi va transport uchun mas’ul uch vazir hamrohlik qilmoqda. Delegasiya tarkibida Germaniyaning yetakchi kompaniyalari, xususan, "Siemens", "Mercedes-Benz" va BMW vakillari ham bor. Tashrif davomida asosiy e’tibor ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarga qaratilishi aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!