Si Szinpin Pekinda Olaf Shols bilan uchrashdi

Si Szinpin Pekinda Olaf Shols bilan uchrashdi

Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

"Rossiyaning harbiy agressiyasi, shuningdek, qayta qurollanishi Yevropa xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu Yevropa Ittifoqi manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazmoqda", — deya ta’kidladi Germaniya kansleri uchrashuvda.

O‘z navbatida, Xitoy rahbari Ukrainadagi mojaroni hal qilishning to‘rt tamoyili haqida so‘z ochdi.

XXR yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar tinchlikni saqlashi, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlashdan tiyilishi, keskinlik darajasini pasaytirishi va mojaroni yanada alangalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka e’tibor qaratishlari kerak.

Uchrashuvda Xitoy va Germaniya rahbarlari ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlar va iqlimni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini ham muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!