Si Szinpin mamlakat xavfsizlik kuchlarini "eng yomon ssenariyga tayyorlanishga" chaqirdi

Si Szinpin mamlakat xavfsizlik kuchlarini "eng yomon ssenariyga tayyorlanishga" chaqirdi

Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakat xavfsizlik kuchlarini "eng yomon ssenariyga tayyorlanishga" chaqirdi, chunki Kommunistik partiya tashqi va ichki tahdidlarga qarshi kurashni kuchaytirdi - CNN

"Biz eng yomon va ekstremal ssenariylarga tayyor bo‘lishimiz, kuchli shamollar, to‘lqinlar va hatto xavfli bo‘ronlarning og‘ir sinoviga dosh berishga tayyor bo‘lishimiz kerak", dedi u KKP Markaziy qo‘mitasining xavfsizlik komissiyasi yig‘ilishida.

Si Szinpin Xitoy xavfsizlik kuchlarini modernizasiya qilishni davom ettirish va ularning jangovar samaradorligi oshirishga chaqirdi. Xususan, u xavf-xatarlarni monitoring qilish va erta ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish, sun’iy intellekt va boshqa yangi vositalarni joriy qilish haqida gapirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!