Shveysariyada 16 kishi COVID-19ga qarshi emlashdan so‘ng vafot etdi

Shveysariyada 16 kishi COVID-19ga qarshi emlashdan so‘ng vafot etdi

16 nafar inson Shveysariyada koronavirusga qarshi vaksinasiyadan so‘ng olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda Shveysariyaning dorilar bozori bo‘yicha nazorat organi Swissmedic.

Regulyator vaksinasiyadan so‘ng yuzaga kelgan noxush reaksiyalar haqidagi 364ta xabarni o‘rganib chiqqan, ulardan 199tasi Pfizer preparati, 154tasi esa — Moderna tomonidan taqdim etilgan vaksina bilan bog‘liq bo‘lgan. Shuningdek, 95 ta jiddiy reaksiyalar aniqlangan, shu jumladan, to‘rtta holatda anafilaktik shok yuzaga kelgan va 16 kishi vafot etgan.

"O‘n oltita jiddiy holatda odamlar vaksinasiyadan so‘ng turli intervalda vafot etishgan. Ularning o‘rtacha yoshi 86 yoshni tashkil qilgan, ularning aksariyati jiddiy kasalliklarga ega bo‘lgan", — deyiladi bayonotda.

Swissmedic ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu holatlar tahlili o‘lim sababi vaksinasiya bo‘lganini isbotlovchi dalillarni aniqlamagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!