Shvesiyaning Afg‘oniston bo‘yicha qo‘mitasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Shvesiyaning Afg‘oniston bo‘yicha qo‘mitasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi

15 mart kuni Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Shvesiya maxsus qo‘mitasi Afg‘onistondagi faoliyatini to‘liq to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda Etilaatroz nashri xabar berdi.

Shvesiya tomoni bergan ma’lumotga ko‘ra, bu qaror “Tolibon” harakati talabi bilan qabul qilingan. Tashkilot mutasaddilari shu qaror ortidan o‘z xodimlari xavfsizligini ta’minlashni maqsad qilgan. Endilikda tashkilot faoliyati mamlakatda noma’lum muddatga to‘xtaydi.

Oldinroq “Tolibon” Shvesiyada Qur’on yoqilishi bilan bog‘liq holat ro‘y berishi ortidan Stokgolm bilan bog‘langan har qanday tashkilot faoliyati to‘xtatilishini ma’lum qilgan edi. Shvesiya mas’ullari musulmonlardan kechirim so‘ramaguncha ular faoliyati qayta tiklanmasligi aytilgan.

Shvesiyaning Afg‘oniston bo‘yicha qo‘mitasi bosh kotibi Andreas Stefanssonning aytishicha, “Tolibon” buyrug‘idan so‘ng tashkilotga xalqaro yordam to‘xtagan. Shunga qaramay, Qo‘mita mahalliy va mintaqaviy yordam loyihalarini bir muncha amalga oshira olgan.

Ma’lumot o‘rnida, Shvesiyaning Afg‘oniston bo‘yicha qo‘mitasi so‘nggi 40 yil davomida Afg‘onistonda faol bo‘lib, aholining nochor qatlamlari, jumladan, ayollar, bolalar va nogironlar uchun rivojlanish dasturlarini amalga oshirib kelgan. Ushbu tashkilotning Afg‘onistonning turli hududlarida 6000 dan ortiq xodimi borligini aytiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!