Shri-Lankadagi shifokorlar maoshdagi «adolatsizlik» sabab ish tashlash e’lon qilishdi

Shri-Lankadagi shifokorlar maoshdagi «adolatsizlik» sabab ish tashlash e’lon qilishdi

Shri-Lankadagi davlat shifoxonalarida ishlayotgan shifokorlar hukumatdan maoshdagi adolatsizlikni hal qilishni talab qilishmoqda.

Doktor Xarita Alutjening aytishicha, hukumat ikki yil oldin davlat idoralarida ishlovchi yuristlar va sud xodimlarining oylik maoshini ko‘p miqdorda oshirgan va bu shifokorlar hamda boshqa kasb egalariga nisbatan adolatsizlikdir.

«Ikki yildan beri biz hukumatdan ushbu holatni tartibga keltirishni so‘rab kelmoqdamiz,  ammo shu paytgacha adolatsizlikni bartaraf etish uchun biron bir muhim chora ko‘rilmadi», deydi Alutje.

Chorshanba kuni shifokorlarning ish tashlashlari davlat kasalxonalariga kelgan bemorlar uchun katta qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Shifokorlar faqat favqulodda holatlardagina bemorlarga yordam ko‘rsatdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!