Shimoliy Koreya xalqaro futbolga qaytmoqda

Shimoliy Koreya xalqaro futbolga qaytmoqda

Shimoliy Koreya deyarli 4 yillik tanaffusdan so‘ng xalqaro futbolga qaytmoqda. Shimolliklar oxirgi marta 2019-yilning 19-noyabr kuni JCH-2022 saralashining 2-bosqichi doirasida Livanga qarshi maydonga tushishgan edi.

KOVID pandemiyasi tufayli Shimoliy Koreya terma jamoasi JCh saralashining qolgan o‘yinlarida maydonga tushmagan va xalqaro o‘yinlardagi ishtirokini to‘xtatgan edi.

Mana oradan uch yilu to‘qqiz oy o‘tib, Shimoliy Koreya olimpiya terma jamoasi 19-sentyabr kuni Xitoy Taypeyiga qarshi o‘yin bilan Xanchjouda Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasidagi ishtirokini boshlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!