Shimoliy G‘azo 34 kundan beri Isroil qamalida
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 398 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Rafah, Bayt-Laxiya, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 38 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 43391 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Jangchilarimiz G‘azo shahri g‘arbida “Merkava-4” ishg‘ol tankini portlatib yubordi.
▪️G‘arbiy Sohilda Jenin, Tubas va Tulkarmda qarshilik ko‘rsatuvchilar va bosqinchilar o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar davom etmoqda. 10 falastinlik halok bo‘ldi. Bir ishg‘ol jipi portlatildi.
▪️ “Hizbulloh” Isroil shimolidagi Safad va aholi punktlariga o‘nlab raketa hujumlarini uyushtirdi. 1 daqiqa ichida Hayfaga 25 ta raketa uchirildi. Ben Gurion aeroporti yaqinidagi Zarfin harbiy bazasi o‘qqa tutildi. Marun el-Ras shahridagi askarlar guruhlari olti marta hujumga uchragan.
▪️Bosqinchilar Livanning Baalbek shahriga, Bekaa vodiysining markaziga va Bayrut chekkasiga yirik hujumlar uyushtirdi. 50 kishi halok bo‘ldi, 63 kishi yaralandi. Halok bo‘lganlar orasida marhum Hasan Nasrullohning amakisi va uning butun oilasi bor. Bosqin boshlanganidan buyon 3050 kishi halok bo‘ldi, 13658 kishi yaralandi.
▪️BMT: Shimoliy G‘azo 34 kundan beri Isroil qamalida. Falastinliklar butun dunyo ko‘z o‘ngida ochlikdan o‘lmoqda.
▪️Instagram Al-Jazira telekanalining mashhur falastinlik jurnalisti Anas Sharifning sahifasini blokladi. Uning kuzatuvchilari soni 1,2 million kishini tashkil etar edi. Ko‘rishlar soni 1 milliarddan oshgan.
▪️Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya: Falastin xalqiga qahramonona yordam ko‘rsatishda davom etayotgan YUNRVA rahbari va barcha agentlik xodimlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashimizni bildiramiz.