Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari «hizbut-tahrir»ga tuhmat qilganmilar?

A A A
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari «hizbut-tahrir»ga tuhmat qilganmilar?

2015 yilning mart oyi. Payshanba kungi dars. Ibn Nujaym rahmatullohi alayhning «Al-ashboh van-nazoir» kitobidan o‘qildi. Darsdan keyin ko‘pchilikka tanish bo‘lgan ustozlardan biri hazratga murojaat qilib qoldi: «Hazrat, bir shogirdim bor edi, anchadan beri ko‘rmas edim, kecha yig‘lab kelibdi. Ha desam, bir tush ko‘ribdi. Tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Sen Movarounnahr muftiysining huzuriga borgin» deb, sizni ko‘rsatibdilar. Bu tushdan to‘lqinlanib, yig‘idan o‘zini to‘xtata olmay, oldimga kelibdi...» 

Hammaning nigohi hazratda edi. U kishi bir zum to‘xtab turdilar-da, beparvogina: «Ha endi, tushga nimalar kirmaydi» deb, hammaning diqqatini boshqa mavzuga burib yubordilar.

Hamma chiqib ketgach, bir-ikkita domlalar bilan biz yana ayrim savollar yuzasidan yonlarida qoldik. Shunda sheriklarimizdan biri: «Hazrat, siz haqingizda ayrim odamlar juda bo‘lmag‘ur, tuhmat gaplarni gapirishyapti. Shunga bir nima desakmikin?» deb qoldi. Hazrat odatdagi javobni berdilar:

«Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoqalaridan tortib, u zotni malomat qilishgan. Sarvari koinotga «Sen adolat qilmading», deb ta’na qilishgan. Biz kim bo‘libmiz?.. Agar ularga javob berish bilan band bo‘lsak, boshqa zarur ishlarimiz qolib ketadi. O‘zi ayrim odamlar dinga xizmat qilayotgan kishilarni chalg‘itish uchun ham aynan shu uslubni qo‘llaydi. Bittasi menga 100 tacha savol yuboribdi, hammasi befoyda tortishuvli gaplar, ularga javob berib chiqsangiz, yana nimadir topadi...» 

Tuhmatchilarning gaplaridan ranjib turgan domlamiz fikrini ochiqlab, «Lekin ayrim kishilar haqiqatni bilmagandan yanglishib, ketib qolishyapti-da», dedi. Shunda hazrat: «U holda haqni yetkazish uchun biror maqola shaklida, ilmiy asosda javob berib qo‘yish kerak, shu kifoya. Qolganini odamlar o‘zi ajratib oladi. Behuda gaplarga parvo qilmanglar, tortishib vaqt o‘tkazmanglar, ular o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi, hammasi yaxshi bo‘ladi, inshaalloh», dedilar.

Ustozning darslarida oxirgi ishtirokimiz shu bo‘lgan ekan. Oradan besh kun o‘tib, u zot vafot topdilar. Alloh rahmatiga olsin. O‘sha nasihatlari bizga go‘yo vasiyatdek bo‘lib qoldi. Ana shu e’tibordan yaqin kunlarda ko‘tarilgan bir mavzu haqida ayrim mulohazalarni bayon qilishni lozim topdim. Sababi, bu mavzuni ochiqlab qo‘yishni ayrim ahli ilmlarimiz va bir qator muxlis musulmonlarimiz ham ta’kidlab eslatmoqdalar.

Shayx hazratlari «Hizbut-tahrir» degan partiyaning kirdikorlari va adashuvlarini bayon qilish uchun «Din – nasihatdir» nomli kitob yozgan edilar. Bu asar juda ko‘p odamning ko‘zini ochib, dinning mohiyatini tushunishiga turtki bo‘lgan. Yuzlab, minglab insonlar behuda harakatlarini to‘xtatib, foydali ish bilan mashg‘ul bo‘ldi, oila bag‘riga qaytib, farzandlarini ilmli, hunarli qilib tarbiyalashga kirishdi. Buni hamma biladi. 

Bu boradagi minglab misollardan birini eslasam. 

Bizning yaqinlarimizdan birining uchta o‘g‘li «hizb»ga kirib, birin-ketin qamalgan edi. O‘zi ibodatda bo‘lsa-da, ilmsiz odam bo‘lgani uchun farzandlarining dindan deb gapirgan fikrlariga e’tiroz bildirishga cho‘chir ekan. Ammo hayotga, voqelikka zid bo‘lgan bu tumtaraqay falsafalardan ko‘ngli taskin topmas, aqli qabul qilmas ekan. «Din nasihatdir» kitobini o‘qigach, o‘sha istagan narsasini topibdi va qalbini qiynab turgan ko‘plab savollarga javob olibdi. Bir kuni ko‘zida jiqqa yosh bilan menga shunday deb qoldi: «Hazratdan Alloh rozi bo‘lsin, mana bu haqiqiy din, haqiqiy ilm. Ruhingiz oziqlanadi. Ammo bir narsadan xafaman: shayx shuncha haqiqatlarni bilar ekan, shu kitobni nega oldinroq yozmadi? Agar shunday bo‘lganida, balki o‘g‘illarim hayotini bunday zoye qilishmasmidi...» 

Men u kishiga «Hammasi qazoi qadar ekan... Hazrat ham dastlab muammoning ko‘lamini payqamagan bo‘lishlari mumkin, keyin vaziyat murakkablashib, talofat kattarib ketayotganini ko‘rganda yozganlar-da...» deganga o‘xshash gaplar bilan yupanch aytgan bo‘ldim.

Hazratga nisbatan tuhmat qildi deb aytilgan har bir gapga raddiya berib, manba ko‘rsatib chiqishga vaqt ziqligi to‘sqinlik qildi. Qolaversa, bu toifaning odamlari dalil nimaligini ham yaxshi tushunmaydi, haqiqatni tan olmay, gapidan tonib ham turaveradi. Shunday bo‘lsa-da, internetdan qidirsam, hozir ham bu borada arab tilida yozilgan ma’lumotlar yetarli ekan (buni ilgari ham ko‘rgan edim), til bilganlar internetdan ularning fatvolarini va ularga berilgan raddiyalarni ko‘rib olishlari mumkin. Balki boshqa ahli ilmlarimiz buning bayoniga imkon topsalar, ajab emas. Men o‘z sharoitimdan kelib chiqib, o‘zim bilgan ayrim gaplarni aytib, shundan xulosa chiqarishga va qiziqqanlar kerakli manbalarga murojaat qilishlariga ishora qilish bilan cheklanmoqchiman. Maqsad ‒ bu yolg‘onga avval bir marta aldangan mo‘minlarni ilon o‘sha teshikdan yana zaharlamasin.

Bu «hizb» a’zolari «Xalifa musulmon bo‘lishi shart emas», degan gapni o‘z manbalarida ochiq ham aytgan, ishora bilan ham aytgan. Bu borada ularning eng asosiy kitoblaridan biri bo‘lgan «Islom nizomi» degan kitobda umumiy mazmundagi matn ham bor. Ular «Boshqaruvchining kim bo‘lishi muhim emas, nizom islomiy bo‘lishi muhim», deyishadi. Bu gapni ularning vakillaridan o‘z qulog‘im bilan eshitganman. Ularning bu gapi din talablariga emas, quruq aqlga suyangan.

«Hizb»ning adabiyotlarini o‘qisangiz, birinchidan, ularda muayyan usul, uslub yo‘qligiga, ikkinchidan, gapni aylantirib, turli ehtimollarga tortadigan gaplarni qo‘llashlariga guvoh bo‘lasiz. Shuning uchun oddiy odam bu xatoni ilg‘ay olmay, chalg‘ib qoladi. Masalan, «Mahdiy chiqishi haqidagi hadislarni qabul qilish mumkin, ammo ohod bo‘lgani uchun ularga ishonish gunoh», deyishadi. Ular mana shu tuturuqsiz uslublari bilan qabr azobini ham inkor qilishadi. Bu gapdagi ziddiyatni sharhlashga hojat bo‘lmasa kerak. E’tiroz bildirsangiz, «Ahli sunna olimlari ohod xabarni aqiydaga olmaymiz, deyishgan, bu gap mana shu usuldan kelib chiqqan», deyishadi. Aslida esa ahli sunna ulamolari aqiydaning far’iy masalalarida ohod hadislar ham olinishini, ammo zonniy xabarlar yaqiynni anglatmasligini aytganlar, biroq unga ishonishni gunoh demaganlar va qabr azobi haqidagi hadislar ma’nan mutavotir ekanini ta’kidlaganlar. Ko‘ryapsizmi, bu umuman boshqa gap, orada yer bilan osmoncha farq bor. Ammo ilmsiz odamlar bu farqlarni ajrata olmay, hizbchilarning diydiyolariga ishonib qoladi. Shuni ta’kidlashni istardimki, men bu yerdagi so‘zlarni o‘zimcha aytayotganim yo‘q, bu gaplar ularning kitoblarida ham bor, qolaversa, bu gaplarni ularning ayrim yetakchi a’zolaridan ham eshitganman, bahslashganman.

Nomahram bilan qo‘l berib ko‘rishish joizligi haqida ular alohida risolalar ham nashr qilishgan, o‘sha risolalar bundan yigirma yilcha muqaddam Andijonda tarqatilgan. Men uni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman, o‘qiganman. Adashmasam, 1994-1995 yillarda ular hali «hizb»chi bo‘lib tanilmagan paytlar edi. Andijondagi ulardan ta’sirlangan ayrim odamlar «hizb»ning behayo kinolarni ko‘rish joizligi haqidagi arabcha kitoblarini ham tarqatishgan. Ammo bu ishni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan, tor doirada qilishgan. 

Biladiganlar eslasa kerak. O‘sha paytlarda Andijondagi «Jome’» masjidi imom xatibi Abdulvaliy qori aka o‘zlarining bir safarlari asnosida «hizb»chilarning vakillari bilan bo‘lib o‘tgan munozarani aytib bergan va bu ma’ruza juda ham mashuhr bo‘lgan (u kishi bu «hizb»ga qarshi bo‘lishiga qaramay, ko‘p shogirdlari unga o‘tib ketgan). Munozarada «hizb»chilar (bu hodisa, adashmasam, Iordaniyada bo‘lgan) yalang‘och suratlarga qarash joiz deb da’vo qilishgan. Imom-domla buning haromligi haqida shar’iy dalillar keltirsa, ular turli vajlar bilan qabul qilmay, «Yo‘q, bu narsa rasm, xolos. O‘sha narsanging asli emas, aksi. Aslga qarash joiz emas. Lekin bu uning aks, uni tomosha qilsa bo‘ladi», deb javob berishgan. Shunda u kishi doimgidek hozirjavoblik bilan: «Unday bo‘lsa, keling, onangizning yalang‘och suratini xonaga ilib qo‘yaylik, axir bu asl emas, rasm-ku», degan. Shunda ular mot bo‘lib, lom-mim deya olmay qolishgan.

Shayx hazrat o‘zlari aytib bergan edilar. Bir-ikkita mas’ullar u kishining huzuriga kelib, «hizb»chi yigitlar hamma xodimlarni kofirga, hatto imom-domlalarni ham tog‘utga chiqarib, o‘ta radikal bo‘lib ketganini aytib, «Taqsir, biz bularni qamab o‘tirishni istamaymiz, ammo ularni bu ahvolda qo‘yib qo‘ya olmaymiz ham, chunki ularning fikri mamlakat tinchligiga rahna soladi. Ularga xatolarini din yo‘li bilan tushuntirsa bo‘lmaydimi? Axir Islom bunday din bo‘lmasa kerak?» degan ma’noda murojaat qilishadi. Hazrat bu partiyani yaxshi bilganlaridan, dunyoning boshqa joylarida ham faqat muammo tug‘dirib yurganidan xabardor bo‘lgani uchun, ularning tasarruflari shariatga zid ekanini bayon qilish lozimligi uchun bu borada bir risola yozishga kirishadilar. Kitobni o‘qigan qalbi ochiq odam u yerdagi har bir gap shariatga, haqiqatga asoslanganini, katta g‘am bilan, samimiy yozilganini anglaydi.

Hazratning hamma kitoblari ham elning dardiga davo bo‘lgan, lekin mana shu kitob hammasidan ham ko‘proq malham bo‘lganini aql-hushli odamlar juda yaxshi bilishadi. Ammo inson unutuvchan bo‘ladi, ko‘pchilik bir yoqlama qarashga moyil bo‘ladi. Ayniqsa, insonlarning tuyg‘ularini suiste’mol qiladigan toifalarning ta’siriga tushgan odamlar voqelikni to‘g‘ri baholay olmaydilar. Shu e’tibordan ayrim haqiqatlarni aytishni lozim topdim. 

Avvalo shuni bilish kerakki, «hizbut-tahrir» – bir siyosiy partiya, xolos. U din emas, shariat emas. Ular dinni, islomiy ilmlarni o‘rgatadigan birorta madrasaga ham ega emas. O‘sha partiyaning manbalari ham buni ta’kidlaydi. Shu bois, ichlarida ulamolar e’tirof etadigan birorta olim yo‘q. Ammo bizning odamlar uzoq yillik dinsizlik sababli diniy ilmlardan uzoqlashib ketgani uchun kim Islomdan, Allohdan gapirsa, uni o‘ziga shayx deb olaveradi, gapini din deb qabul qilaveradi. Ustiga ustak, nari borsa, oddiy bir talaba bo‘lgan odamlar o‘zlarini «Shayx fuloniy» deb nomlaydigan bo‘lib olishgan.

Xo‘sh, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari mazkur asarda «hizbut-tahrir» partiyasiga tuhmat qilganmilar?

Ushbu da’voni qilgan bir «janob» shayx hazratlarini xiyonatda ayblab, og‘ziga kelgan haqoratlarni qilibdi. Bu borada shayx hazratlarining kitobidan boshqa biror kitobni o‘qib ko‘rmagan odamlar bu gaplardan biroz o‘ylanib qolyapti yoki anavi ahmoqqa qo‘shilib, oh-voh qilib yotibdi. Aslida «hizb» haqida «Din nasihatdir» kitobida berilgan ma’lumotlar arab, rus tilidagi adabiyotlarda juda ham mashhur bo‘lib, hech biri osmondan olingan emas, to‘qib ham chiqarilmagan, balki aynan partiyaning o‘z rasmiy manbalaridan olib keltirilgan. Bu partiyaga raddiya sifatida bir qator kitoblar yozilgan bo‘lib, Islom olamidagi firqayu mazhablarga bag‘ishlangan qomuslarda ham bu mavzuda yetarlicha ma’lumot topsa bo‘ladi. Ammo «hizbut-tahrir» mas’ullari o‘zlarining manbalarini hamisha tahrir qilib, o‘zgartirib turishadi, keyin esa oldingi gaplariga raddiya berganlarni tuhmat qilganlikda ayblab turaveradi. Arab tilini bilganlar ushbu partiya haqida internetni qidirib ko‘rsa, bu gaplarga o‘zlari guvoh bo‘lishlari mumkin. 

Ular gapni aylantirib, o‘z manbalarini ikkiga bo‘lib qo‘yishgan. Bu – g‘irt qalloblik. «Falon odaming bunday debdi» desangiz, bu o‘sha a’zoning ijtihodi, bu uning fikri, deydi. Xo‘sh, unday bo‘lsa, nega uning bu gapini saytlaringda tarqatib yotibsizlar, desangiz, «bu fikr erkinligi» deb, yana gapni olib qochadi. Aslida esa agar uning gapini qabul qilmasa, ijtihodini noto‘g‘ri deb bilsa, musulmonlarni ahmoq qilish o‘rniga, uning noto‘g‘riligidan boshqalarni ogohlantirishi kerak emasmi? Ijtihodni ijtihod bilan rad etish kerak-ku! Yo‘q, ular odamlarni ahmoq qilishda davom etaverishadi, musulmonlarni o‘z nog‘orasiga o‘ynataverishadi. Ularning bunga o‘xshash hiylakor, tuturuqsiz tasarruflari juda ko‘p.

Aytmoqchimizki, bu gaplar «hizb»ning vakillari o‘rtasida rosa ma’lum va mashhur bo‘lgan. Ammo bular do‘ppi tor kelganda hamma narsadan tonib turaveradi, uyalmaydi. Xuddi shu holatni shayx hazratlariga o‘zicha loy otayotgan anavi yuzsiz tentakda ham ko‘rish mumkin. «Gapimni isbotlay olmasam, qaytib meni ko‘rmaysizlar», degan odam ertasidan bezrayib tuhmatda davom etib turaveradi. Lekin shunda ham uni eshitayotganlarga qoyil! Essiz umr!

«Hizb»ning aqiydadagi, fiqhdagi adashuvlari o‘zi bir olam bo‘lsa, ularning ruhiy tarbiyadan, axloqdan butunlay mosuvoligi bu toifaning adashgan ekaniga yetarli dalil bo‘ladi. Gaplari faqat fikr, siyosatdan iborat, axloq-odob, dinning mag‘zi bo‘lgan ubudiyat ruhi umuman yo‘q. Eng achinarlisi, o‘sha fikr va siyosat ham o‘ta sayoz, qotib qolgan, xayoliy. Kitoblarini o‘qisangiz, haqiqiy ulamolarning asarlaridan olinadigan ruhiy ozuqa yo‘q, «din» niqobidagi yangicha bir ta’limot, faqat fikriy bahslar, qoq-quruq, tumtaroq baqir-chaqir gaplar. Ozgina tartibli ilm olgan kishi ham bu gaplar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelayotgan din emasligini, Allohning so‘nggi vahiysi emasligini darhol payqaydi.

«Hizb»chilarning manhajdagi adashuvlari esa kundek ravshan. Bu partiyaga asos solinganiga 70 yil bo‘ldi. Ulardan so‘rang-chi, qachon qayerda nimani qoyillatishibdi? Oradan bir-ikki avlod o‘tib ketdi, lekin aytgan da’volari amalga oshishiga sal-pal yaqin keladigan natijaga ham erishganlari yo‘q. Biroq, yana o‘sha osmono‘par da’volarda davom etib ketaverishadi. Boshqalarning ilmiy harakatlari orqali odamlar dinini o‘rganib, diyonati kuchayyapti, Allohni tanib boryapti. Ammo bularda quruq balandparvoz gaplar, amalda esa hech vaqo yo‘qligi yetmaganday, o‘zidan boshqalarni obro‘sizlantirishdan ham charchashmaydi. Quvayt fuqaholari 30-40 yillik ilmiy harakat bilan mamlakatdagi qonunlarning 80 foizini Islom shariatiga muvofiqlashtirishdi. Ammo bular 70 yil ichida qayerda Islomning qaysi hukmini tatbiq etishdi ekan? Bularning fikrlari kirgan joy faqat xarob bo‘ldi, yoshlarning umri xazon bo‘ldi, ummatning quvvati behuda mafkura bilan, xayolparastlik bilan sovurildi, jamiyat parokanda bo‘ldi va hokazo... 

Sababi oddiy: aqiyda ham, yo‘l ham noto‘g‘ri, manhaj ham nabaviy siyratga tamoman zid.

Bular doim faqat g‘o‘r, dinu dunyodan bexabar odamlarni ovlab, tentiratishadi. O‘sha yigirma yilcha avval, bizda ularning «da’vati» rosa avjiga chiqqan paytlarda xalqimiz tashqi dunyodan bugungidek xabardor emas edi, ko‘pchilik dunyoning siyosatidan ham bexabar edi. Bular esa dam-badam bitta gapni tarqatishadi: «Tezroq hizbga xizmat qilib qolinglar, yaqinda xalifalik tiklansa, bu imkoniyat bo‘lmaydi, savob olib qolinglar». «IYE, xalifalik saylovi qachon ekan?» desangiz, «Shu, kelasi oylarga. Uzog‘i bilan ikki oy ichida. Aytishlaricha, hozir butun dunyo bo‘yicha hizbning eng kuchli tayanchi

O‘zbekistonda bo‘lyapti ekan, xalifalik markazi vodiyda bo‘lar ekan», deyishar edi. Shu gapga o‘zlari ham chippa-chin ishonishardi. Eng qizig‘i, bu aytgan gaplari amalga oshmagach (o‘zi amalga oshmasligi ham aniq edi), yangi yolg‘on to‘qishadi: «Eh, kechagi kuni Falonchi bilan Pistonchining uchrashuvida shunday gap bo‘lib o‘tibdi, shunga xalifalik keyingi oyga qoldirilibdi», deyishardi, boyagi kallasi qotgan bechoralar bu yolg‘onga ham yana ishonib ketaverishardi. Mana shunaqa yosh bolacha gaplar bilan qancha yigitlarning umrini xazon qilib, aslida yaxshi niyatli bo‘lgan odamlarni yo‘ldan ozdirishdi, ixlosini, g‘ayrat-shijoatini ko‘kka sovurishdi. 

Eng ajablanarlisi, «hizb»chilar o‘zining dunyodagi eng muvaffaqiyatsiz partiyasini din deb, e’tiqod deb, ergashish vojib bo‘lgan yo‘l deb da’vo qilishadi. «Qanaqasiga?» desangiz, «Chunki hozirda Islom ahkomlarini hayotga tatbiq etishning yagona yo‘li shu», deyishadi. Bu ham yolg‘on. «Qani, qayerda, qaysi hukmni tatbiq qildinglar?» desangiz, hech narsa yo‘q.

O‘zingiz insof bilan o‘ylab ko‘ring, o‘zidan boshqa hamma musulmonni zalolatda deyayotgan, bir narsa desangiz, «Odam bunday desa, dindan chiqadi» deb, takfir bilan tahdid qilayotgan, xatosini aytgan odamni xoinga chiqarayotgan, dinda ham, siyosatda ham o‘taketgan no‘noq shu jamoa bugungi dunyoda bir yarim milliard musulmonga rahbar bo‘la oladimi? Ular shu ishni uddalay oladi deb ishonasizmi? O‘zi ular shunga haqlimi? Siz o‘zingizning, farzandlaringiz hayotini shu odamlarga topshira olasizmi? 

Da’voni hamma ham qilaveradi. Kommunistlar ham odamlarga shu dunyoning o‘zidagi jannatni va’da qilgan edi. Holbuki, butun mamlakatni do‘zaxga aylantirishdi. Shu bois, da’volar, shiorlar emas, amal va natija muhim. Din g‘amidan gapirgan, muammolarni bir chetdan sanab bergan har kas ham haqgo‘y, haqparvar bo‘lavermaydi. Ovozini qo‘yib, yig‘lamsirab gapirgangi da’vatchi najotkor bo‘lavermaydi. Hatto musulmonlarga chindan joni kuyib, ixlos bilan bor vujudini fido qilishning o‘zi ham yetarli emas. Haqiqiy rahnamo bo‘lgan odamda o‘sha muammoning aniq yechimi ham bo‘lishi kerak. «Echim Islomda» degan shiorning o‘zi bilan hech narsa hal bo‘lmaydi, buni ularsiz ham hamma biladi. Shuning uchun ham biz «Hizbut-tahrir hayotga yechim bera olmaydi, chunki u Islom dini emas», deymiz. 

«Hizb»chilar odamlarning ehtirosini, ayniqsa, diniy his-tuyg‘ularini qo‘zg‘ashga usta, xolos. Ular shu yo‘l bilan o‘z fikrlarini yoyishga urinishadi, bu yo‘lda insonlarning ruhiy quvvatini suiste’mol qilishadi. Ular shu yo‘l orqali jamiyat bilan davlat o‘rtasini buzib, bir butun xalqni bo‘laklarga bo‘lib tashlaydi, quvvatini bir-biriga qarshi sarf etadi. Bular xalqimizning bir avlodini yeb bitirdi, boshqa joylarda ikkita avlodni ahmoq qildi. Endi yana nimani da’vo qilishadi, tushunmaysiz. Ular-ku, ingliz yurtidagi markaziga tobe’, o‘sha «qibla»laridan nima sado kelsa, o‘shani tarqatib yuraverishadi. Ammo ularning shu siyqasi chiqqan, befoyda safsatasiga quloq solayotgan odamlarga hayronsan, bularga nima bo‘lgan? Mo‘min kishi ham shunchalar farosatsiz bo‘ladimi?

«Hizb»chilarning gap-so‘zini eshitsangiz, rosa siyosatdon, dovyurak arslondek ko‘rinishadi. Ammo aslida holatlari tamoman buning aksi, siyosatda ham, jasoratda ham go‘dak, kamiga voqelikka zid. Shuning uchun hamma joyda muammo keltirib chiqarishadi, ammo hech qachon hech qanday muammoni hal qilishmaydi. 

Bu partiya har qaysi mamlakatda o‘sha yerning odamlarining saviyasiga qarab ish yuritadi. Bu ham ularni qandaydir jamiyatshunoslar boshqarishiga ishora bo‘lsa kerak. Bundan yigirma yilcha oldin bizning odamlar dunyo axborotidan deyarli bexabar yashar edi. O‘sha paytda jahon axborotida yoki internetda tarqalgan birgina siyosiy xabar, masalan, Iordaniya prezidenti bilan Fransiya mas’uli o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv tumtaraqay «hizb»cha xomxayollar bilan izohlangan varaqani tarqatishni din-diyonat, Alloh yo‘lidagi jihod deb uqtirib, qancha yoshlarni ahmoq qilishardi. Holbuki, internetni bilgan odam bu xabarni o‘tirgan joyida jimgina o‘qib qo‘yishi ham mumkin edi. Ammo bular xalqning savodsizligidan ustalik bilan foydalanishar edi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam birgina Yosirning oilasiga talofat yetgach, musulmonlarning jonu mollarini himoya qilish uchun Habashistonga hijrat qilishga buyurganlar. Oshkora da’vat ta’qiqlangan paytda sahobalarni maxfiy qabul qilib, ularga Qur’on o‘rgatganlar. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu Makkada baralla Qur’on o‘qib, mushriklar tarafidan kaltaklangach, yana chiqmoqchi bo‘lganida, Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunga ruxsat bermaganlar. U zot birgina «Alloh yagona» degan so‘zni yetkazishda shunchalik ehtiyotkorlik qilganlar. Chunki u zot bir insonning hayotini yengil sanamaganlar, odamlarning tinchligi, salomatligi bilan o‘ynashmaganlar. Ammo bu «hizb»ning da’vatchilari o‘zlari dunyoning qaysi bir burchagidagi ofisda o‘tirvolib, bu yoqdagi yosh musulmonlarning hayotini barbod qilishda davom etaverishadi va bundan uyalishmaydi ham. Har zamonda bir haqni aytayotgandek baqir-chaqir qilib, muammoni hal qiladigandek javrab qo‘yadi, nari borsa, xotinlarga o‘xshab qarg‘anib qo‘yadi yoki «buyuk rejalar» bilan tahdid qiladi. Bo‘ldi, shu bilan vazifasi bitdi, homiylaridan pulini olib, tinchgina damni olib yotaveradi, buyoqda esa musulmonlar tashvishda, oilalar parokanda, bolalar sarson bo‘lib yuraveradi.

(davomi bor)

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarini yakuniy mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin

Бу ҳақда Швейцария Бош штабининг истеъфодаги подполковниги Ральф Боссхард айтиб ўтди.

Sadir Japarov beligacha qor yoqqaniga qaramay maktabga qatnayotgan o‘quvchini prezident archasiga taklif qildi

Маълумотга кўра, болакай Ош вилоятининг Коо-Чати қишлоғида яшайди ва 4-синфда таҳсил олади.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Qirg‘izistonda ayol 43 ming dollarni folbin tavsiyasi bilan qabrga ko‘mdi

Ҳужжатга кўра, фолбин аёлга пулларни фақат доллар кўмишни буюрган, акс ҳолда натижа бўлмаслигини айтган.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.