Shaytonning xotini bormi?

Shaytonning xotini bormi?

Savol: Ba’zi matnlarda shaytonning bolalari bor deb o‘qib qolaman yoki eshitaman, agar shaytonning bolasi bo‘lsa, demak xotini ham bor degan fikr keladi. Agar xotini bor bo‘lsa, uning ismi nima?

Javob: Alloh taolo Kahf surasining 50-oyatida shunday degan: “Eslang, (Ey, Muhammad!) Farishtalarga Odamga sajda qiling, deyishimiz bilan sajda qildilar. Faqat iblis (sajda qilmadi). U jinlardan edi. Bas, Parvardigorining amriga bo‘yin sunishdan bosh tortdi. Endi sizlar (ey, Odam bolalari, ) Meni qo‘yib, uni (iblisni) va zurriyotlarini do‘st tutasizmi?! Ular sizlarga dushman-ku! U (iblis) zolimlar uchun (Allohning o‘rniga) naqadar yomon «o‘rinbosardir!»”. Ulamolar ushbu oyatga ko‘ra Iblisning bolalari borligiga dalillanganlar. Shuningdek, bolalar xotindan tug‘ilgani uchun xotini ham borligiga dalillanganlar. Xotining ismi haqida hech qanday ma’lumot kelmagan. Uning xotinining ismi nima ekanini bilishda sizga hech qanday foyda yo‘q. Qimmatli vaqtingizni befoyda narsalarga sarflamang! Vallohu a’lam.

Manba: qadriyat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!