Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Quyuv-mexanika zavodiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Quyuv-mexanika zavodiga tashrif buyurdi

Zavodda yuk vagonlari qurish, mexanika yig‘uv, g‘ildirak yig‘uv, quyuv, ta’mirlash, temirchilik va presslash, tayyorlov va komplektlash kabi 26 ta sex bor. Prezidentimiz majmua bo‘ylab yurib, ulardagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Korxonada 2018-2023 yillarda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 100 ga yaqin turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. 2023 yilda jami 267 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan, 10 million dollarlik 170 ta vagon va ehtiyot qismlar eksport qilingan. Joriy yilda eksport hajmini 15 million dollarga yetkazish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Korxonada xalqaro standartlarga muvofiq ISO 9001 sifat menejmenti va ISO 50001 energetika menejmenti tizimi joriy etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!