Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandga tashrif buyurdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandga tashrif buyurdi.

10-11 noyabr kunlari bu yerda yana bir nufuzli xalqaro anjuman - Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.

“Tadbir oldidan, an’anadagidek, Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!