Shavkat Mirziyoyev AQShning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisini qabul qiladi

Shavkat Mirziyoyev AQShning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisini qabul qiladi

17 sentyabr kuni AQSh Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi Sem Braunbek rahbarligidagi delegasiya O‘zbekistonga keladi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Amerika delegasiyasi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Oliy Majlis Senati, Bosh prokuratura, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari boshqarmasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.

Shuningdek, Toshkent shahrida delegasiya a’zolari «Diniy bag‘rikenglik: O‘zbekiston va AQSh tajribasi» mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etadi.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!