Shavkat Mirziyoyev: "2 mingta ehtiyojmand oilalarga uy olish uchun 100 mlrd so‘m subsidiya beriladi"

Shavkat Mirziyoyev: "2 mingta ehtiyojmand oilalarga uy olish uchun 100 mlrd so‘m subsidiya beriladi"

2 mingta ehtiyojmand oilalarga uy olish uchun 100 mlrd so‘m subsidiya beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi.

Kelgusi 5 yilda Navoiy aholisi 150 mingga ko‘payadi. Uy-joy - odamlarning haqiqiy dardi. Bir hovlida 3-4 kelin yashash qiyin, oilalar uy ololmaydi. Yoshi katta bo‘lib qolgan ota-onaga ham tinchlik kerak, oilalar yaxshi sharoitda yashashlari kerak. Ko‘p qavatli uylar quramiz. Birinchi navbatda ular yaqinida ishchi joyi, bog‘cha-maktabini ham tayin qilamiz.

Bunday uylarni olish uchun 2 mingta ehtiyojmand oilalarga 100 mlrd so‘m subsidiya beriladi.

Nomzod Navoiy shahrining o‘zida 4 ming xonadonli, boshqa tumanlarda 14 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishini aytdi.

Shuningdek, Zarafshon shahri kengaytiriladi, 30 ming aholi uchun "Sanoat shaharchasi" bunyod etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!