“Sharq taronalari” Registonda o‘tkaziladi

“Sharq taronalari” Registonda o‘tkaziladi

YUNESKO shafeligida 1997 yildan buyon har ikki yilda Samarqandda o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali bu yil o‘n uchinchi marta musiqa tinglovchilar e’tiboriga havola etiladi.

Oldinroq festival joriy yilning 26-30 avgust kunlari Samarqand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasida ilk bor o‘tkazilishi aytilgan edi. Biroq festival yana Registon maydoniga ko‘chdi.

Xabar qilganimizdek, festivalga tayyorgarlik jarayonlari, tashkiliy masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov, Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov va boshqa mas’ullar bu haqda keng jamoatchilik va OAV vakillariga ma’lumot berdi.

- “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali 1997 yildan buyon Registon maydonida o‘tkazib kelinadi, - dedi R.Qobilov. – O‘n uchinchi marta o‘tkaziladigan mazkur festival joriy yil nufuzli tadbirlarga mezbonlik qilib kelayotgan Samarqand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasida o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Ammo festivalga qatnashish istagini bildirgan ishtirokchi davlatlar vakillarining taklifi va xohishiga ko‘ra, festival yana qadimiy tarixga ega Registon maydonida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Aytish joizki, Samarqandga keladigan har bir xorijlik qadimiy yodgorlik va obidalarni ko‘rishni, ziyorat qilishni xohlaydi. Qolaversa, festivalning Registonda o‘tkazilishiga ko‘pchilik mamlakat sozanda va xonandalari ko‘nikib bo‘lishgan. Shu bois bu yil ham festival uchun Registon maydoni tanlandi. Majmuaga ziyon yetishiga kelsak, Madaniy meros agentligi mutaxassislari bilan birgalikda jarayonni qanday tashkil etish masalasi o‘rganilmoqda.

Registon maydonida festivalning faqat asosiy tadbiri o‘tkaziladi. Shuningdek, Samarqand shahri, Samarqand Payariq, Oqdaryo va Past Darg‘om tumanlarida ham dunyo xalqlari kuy-qo‘shiqlari, do‘stlik, hamjihatlik va ahillikni madh etuvchi madaniy tadbirlar hamda milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Matbuot anjumanida o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalida dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidan 300 nafardan ziyod vakil qatnashishi kutilayotgani va mehmonlarni kutib olish hamda festival doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

- Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida respublikada va Samarqand shahrida Madaniyat vazirligining shtabi faoliyat ko‘rsatmoqda, - deydi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov. - Shuningdek, ijodiy guruhlar, volontyorlar bilan ishlash, mehmonlarni kutib olish bo‘yicha alohida ishchi guruhlar ham tashkil etilgan. Ayni paytda repetisiya jarayonlari davom etmoqda. 26 avgust kuni festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tsa, 27-28-29 avgust kunlari festivalga tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazilib, xalqaro hay’at tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari professional (klassik) darajadagi xalq musiqasi va qo‘shiq hamda zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qo‘shiq yo‘nalishlarida baholab boriladi. Tanlov g‘olib va sorindorlari 30 avgust kuni taqdirlanadi.

- 27-28 avgust kunlari festival doirasida “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi, - deydi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori vazifasini bajaruvchi Eldor Shermanov. – Unda musiqashunos olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari, musiqiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchi-doktorant va magistrantlar ishtirok etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, konferensiya odatdagidek yalpi majlisdan iborat bo‘lmaydi. Uch shu’baga bo‘lingan holda milliy qo‘shiqlar, maqom namunalari ijro etiladi. Bundan tashqari, konferensiya doirasida ilk bor Turkiy davlatlar tashkiloti qoshidagi Turk dunyosi san’at va musiqa universitetlari ittifoqining yig‘ilishi o‘tkaziladi va ushbu universitetlar rektorlari Samarqandga kelishi kutilmoqda.

Matbuot anjumanida festivalga xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilish, ularning tadbirlarda qatnashishi uchun zarur sharoitlarni yaratilishi hamda matbuot markazi tashkil etilishi ma’lum qilindi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

13—17 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“Ўзгидромет” 13—17 январь кунларига об-ҳаво прогнозини эълон қилди.

Husanov APLda qaysi jamoaga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazishi mumkinligi ma’lum

Тез орада расман «Манчестер Сити» футболчисига айланадиган Абдуқодир Ҳусановнинг дебюти қайси жамоаларга қарши ўйинда амалга ошиши маълум.

Rossiyada o‘lganlar soni rekordmi?

Урушда ва айниқса 2024 йилда қанча рус аскари ҳалок бўлганидан қатъи назар, экспертлар бир овоздан Россия учун қурбонлар сони рекорд даражада - Иккинчи Жаҳон Урушидан бери энг юқори кўрсаткич деган хулосага келишди.

Xitoy va Yaponiyadan keyin Rossiya ham shu taklifni bermoqda

Россиянинг талаба қизлар учун бонус схемаси жорий этилмоқда.

Dushanbadan dollar qanchaga yetishi e’lon qilindi

Марказий банк 2025 йил 13 январдан валюталарнинг янги курсини белгилади.

O‘qituvchilar avtomobillarni imtiyozli shartlarda xarid qilishlari mumkin — “O‘zavtosanoat”

“Ўзавтосаноат” АЖ тижорат банклари томонидан Вазирлар Маҳкамаси топшириғи ижроси доирасида бериладиган имтиёзли автокредитлар орқали автомобилларни сотишга тайёр.

RF uchun yana bir “bosh og‘riq” paydo bo‘ldi

Бу ҳақда CNN ёзган.

Lionel Messi "Inter Mayami" bilan yangi shartnomaga qaramay, 2025-yilda Yevropa futboliga shov-shuvli qaytishi mumkinligi haqida tushuntirish

"Интер Маями"нинг Лионел Месси билан тузган янги шартномаси аргентиналик футболчига жорий йил охирида Европада ўйнаш имкониятини бериши мумкин.

Yulduz Usmonova falastinlik bolalar va ayollarga 4 ta uy sovg‘a qildi

Ўзбекистон халқ артисти Юлдуз Усмонова Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг урушдан жабр кўрган 100 нафар фаластинлик болалар ва аёлларни эвакуация қилганидан таъсирланиб 3 кун йиғлаганини ва президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева билан гаплашганини айтди.

Daniya AQSh tajovuzi bo‘lsa, Rossiyaga murojaat qilishni taklif qildi

Дания социалистик халқ партияси аъзоси Карстен Хенге АҚШ Гренландияни аннексия қилиш учун агрессияга учраган тақдирда унинг давлати Россиядан ёрдам сўраши кераклигини айтди . У Facebook ижтимоий тармоғидаги саҳифасида ўз фикрини билдирди .

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Tramp Ukrainani Putinga topshirmoqda

АҚШнинг сайланган президенти Доналд Трампни Украина тақдири қизиқтирмайди.

Rossiya Mudofaa vazirligi binosida FSB kontrrazvedkasi xodimi otib o‘ldirildi

Москва марказида ФСБ контрразведка бўлими ходими Владимир Фешченко отиб ўлдирилди, деб ёзади Россия ОАВлари.

Putinning yordamchisi: "Ukraina va Moldova mavjud bo‘lishni to‘xtatadi"

Россия президенти ёрдамчиси Николай Патрушев "2025 йилда аллақачон Украина давлат сифатида мавжуд бўлишни тўхтатади", деди.

Al-Qassam brigadalari bir kun ichida rekord miqdordagi fashistlarni o‘ldirdi

Босқинчилар Ғазонинг бутун ҳудудида оммавий қотилликларни содир этишди. 70 дан ортиқ одам ҳалок бўлди, улар орасида болалар ҳам бор.

Ukraina ikki shaharni qo‘ldan boy berish xavfi ostida

Россия Украинанинг Донетск вилоятидаги Покровск ва Мирноград шаҳарларига қуруқликдаги таъминот йўлларини кесиб қўйишни режалаштирмоқда.

"Ал-Насср" юлдузи соатига 980 километр тезликка эриша оладиган ва 19 йўловчини сиғдира оладиган ажойиб янги 75 миллион долларлик шахсий самолётни сотиб олди

Avstraliyada zaharli o‘rgimchakning yangi turi topildi

Ньюкасл университетининг клиник токсикология бўлими бошлиғи Жефф Исбистернинг айтишича, ўргимчаклар тахминан 20 йил олдин аниқланган.

Исроил кучлари Ғазога ҳужумларини кучайтирди, Секторнинг турли жойларида бошпанага айлантирилган мактаб ва бир нечта уйларни бомбардимон қилиб, сўнгги 24 соат ичида камида 62 кишини ўлдирди.

Эроннинг янги шартномада Қримни Россия ҳудуди сифатида тан олишдан бош тортиши, Теҳрон Москванинг Украинага бостириб киришини тўлиқ қўллаб-қувватламаслиги мумкинлигидан далолат беради.

Qozog‘istonda kimyoviy moddalar ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Воқеа жойига радиация ва кимё хизмати ходимлари етиб борган.

G‘arb Ukrainada safarbarlik yoshini pasaytirish befoyda ekanini tan oldi

Бу ҳақда британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис Дуран YouTube каналида маълум қилди .

NATO Boltiq dengizida o‘z nazorat maydonini jiddiy kengaytirmoqchi

НАТО давлатлари Болтиқбўйидаги кемаларни ўз сувларидан ташқарида назорат қилиш учун ечим излайди, деди Польша Бош вазири Доналд Туск.

Chilidagi stadionda yuz bergan otishma oqibatida 11 yoshli bola halok bo‘ldi

Пеньяфлор (Чили) коммунасидаги стадионда юз берган отишмада 11 ёшли бола ҳалок бўлди. Бундан ташқари, 33 ёшли эркакка камида етти марта ўқ узилган, у яраланган.

Qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘illanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbul shahrida qo‘lga olindi

Ҳозирга вақтга кўра қалбаки спиртли ичимликлар оқибатида вафот этган Ўзбекистон фуқаролари сони 6 нафарга етди. Улардан 5 эркак ва 1 нафар аёлни кишини ташкил этмоқда.

Kaliforniyadagi yong‘in AQShga qancha zarar keltirgani aytildi

АҚШ жанубидаги Калифорния штатида давом этаётган ўрмон ёнғинлари оқибатида етказилган зарар тахминан 250-275 миллиард долларни ташкил этмоқда. Бу ҳақда The Washington Post газетаси AccuWeather об-ҳаво маълумотларига таяниб хабар берди.

AQSh 37 ta Xitoy kompaniyasi mahsulotlarini taqiqladi

14 январ куни АҚШ Ички хавфсизлик вазирлиги 37 та Хитой компаниясини уйғурларнинг мажбурий меҳнатидан фойдаланаётган корхоналар рўйхатига қўшганини маълум қилди.

Tramp Rossiyaga uning mablag‘lari orqali ta’sir o‘tkazishi mumkin

АҚШнинг сайланган президенти Доналд Трамп жамоаси Украина бўйича музокараларни бошлаш учун Москвага таъсир ўтказиш воситаси сифатида музлатилган Россия активларидан фойдаланиш ғоясини рад этмаяпти.

Pistorius Trampning qaytishi va Germaniyadagi saylovdan oldin Kiyevda

Германия мудофаа вазири Борис Писториус эълон қилинмаган ташриф билан Украинада. Бу, эҳтимол, келгуси ойдаги Германия сайловидан олдинги сўнгги сафари. У Трамп келаси ҳафта қайтиши муносабати билан Европанинг доимий қўллаб-қувватлаши ҳақида муҳокама юритишини айтди.

Chilidagi stadionda otishma. 11 yoshli bola halok bo‘ldi

Ҳодиса маҳаллий майдонда футбол ўйини чоғида содир бўлган, у ерда муштлашувдан сўнг номаълум одамлар билан машина етиб келган, шундан сўнг отишма бошланган.

Bayden Trampni ISHIDning Suriyada qayta tiklanishining oldini olishga chaqirdi

Бу ҳақда РИА Новости ёзмоқда .

O‘rmon yong‘inlari 47 mingga yaqin Kaliforniyaliklarni elektr energiyasiz qoldirdi

Калифорнияда давом этаётган ўрмон ёнғинлари туфайли 46,8 мингдан ортиқ истеъмолчи электрсиз қолмоқда.

Ganada vabo epidemiyasi qurbonlari soni 40 kishiga yetdi

Баёнотда айтилишича, бу вилоятларда 4850 гумон вабо касаллиги аниқланган. Қайд этилишича, эпидемия оқибатида ҳалок бўлганлар сони 40 нафарга етган.

Parijning Olimpiya sharmandasi: sportchilar 100 dan ortiq nuqsonli medallarni qaytarishdi

Ташкилотчилар мукофотларни алмаштиришга ваъда беришди.

NATO davlatlari va Ukraina birgalikda qurol ishlab chiqarishni oshiradi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Bayden Ukrainaga yordam berishdan bosh tortishning iloji yo‘qligini e’lon qildi

Бу ҳақда Америка президенти Жо Байден Давлат департаментида ташқи сиёсат бўйича якуний нутқи чоғида маълум қилди , деб ёзади “РИА Новости” .