Sharob ichish ham, ichuvchilar davrasida o‘tirish ham haromdir

A A A
Sharob ichish ham, ichuvchilar davrasida o‘tirish ham haromdir

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning qisqa vaqt ichida jamiyatni ichkilikbozlikdek zararli odatdan qanday qilib poklagani, bunda foydalangan noyob uslubi bugungi kunda shu ishni uddalay olmayotgan olimlar e’tiborini tortmoqda. U zoti sharif bunga qanday erishgan edilar?

Keyingi yillarda ketma-ket e’lon qilinayotgan ayrim hisobotlar islom olamining ijtimoiy strukturasi ijobiy natija ko‘rsatmayotganini xabar qilmoqda.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 2010 yilda e’lon qilgan sog‘liqni saqlash statistikasida qayd etilishicha, asosiy aholisi musulmonlar bo‘lgan Yaqin Sharq davlatlari va Turkiyada spirtli ichimliklar iste’mol qilish me’yori oshgan. The Economist jurnali turli manbalardan to‘plangan hisobotlarni yig‘ib quyidagicha xulosa qilgan: “Musulmon davlatlarida 2001-2011 yillar ichida spirtli ichimliklar iste’mol qilish 72 foizga ko‘paygan”.

Alloh taoloning Rasuli sollallohu alayhi va sallam bizga Allohning amrini yetkazib, hidoyat yo‘lini ko‘rsatib qo‘ygan bo‘lsa-da, nega biz shu holga kelib qoldik? Nima uchun gunohu ma’siyatni afzal hisoblamoqdamiz? Chunki qachon yoshlarimizga qarasak, ularning tashqi qiyofasidan tortib, insoniy muomalalarigacha – har bir harakatiga g‘arbona jamiyat nuqsi urib turganini ko‘ramiz. Chunki OAV yoshlar tarbiyasida juda katta rol o‘ynaydi. Bu borada eng ilg‘or texnika va texnologiyaga ega bo‘lgan g‘arb olami ana shu vositalar yordamida madaniy mahsulotlarini eksport qilmoqda hamda turmush tarzini o‘rgatmoqda. Buning oqibatida ayrim yoshlarimiz johiliyat davri odatlaridan bo‘lgan spirtli ichimliklarni zamonaviylik belgisi sifatida qabul qilmoqda. Holbuki, spirtli ichimliklar – johillik davrining urf-odatlaridan edi.

Xalifa Umar roziyallohu anhu: “Qachonki musulmonlar orasida johiliyat davri an’analarini qadrlovchi avlod paydo bo‘lsa, Islomning barcha arkonlari biri ikkinchisining ortidan uzilib boshlaydi”, degan ekanlar. Bugun biz aynan shu hodisaga shohid bo‘lmoqdamiz. Islomning qanday joriy bo‘lganini, dunyoni qanday o‘zgartirib yuborganini bilmaydigan yosh avlod johillarning qadimgi odatini yangi moda deb hisoblamoqda. Aslida achitilgan uzum, xurmo, asal, bug‘doy, arpadan tayyorlanadigan mast qiluvchi ichimliklar ming yillar burun ma’lum edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam muborak chehralari bilan dunyo yuzini yoritgan kezlarda mast qiluvchi ichimliklar butun dunyo bo‘ylab tarqalgan zamonlar edi. Qadimgi tamaddunda uzumni yig‘ib olish katta bayram sifatida nishonlanar va o‘sha kuni odamlar juda ham ko‘p vino, pivo ichib xursandchilik qilar edi. Isroil avlodlarining ravvinlari bu odatning ko‘p tarqalib ketgani natijasida o‘zlari ham uni ichishga majbur bo‘ldi va odamlarga uni mast bo‘lib qolmaguncha ichish mumkin deb fatvo chiqarib berdi. Iso alayhissalom olib kelgan yakkaxudolik dinining tez tarqalishi qoshida Rim imperiyasi ojiz qoldi, bu dinni yo‘qota olmasligini tushundi. Vaqt o‘tishi bilan imperiya qadimiy mushriklar dini bilan yangi din o‘rtasida kelishuv shartnomasi tuzishga harakat qildi. Shuning uchun ularga olib kelingan dinga eski, butparastlik urf-odatlari kirib qoldi. Masalan, hosilni yig‘ib olish va Dionis bayramida vino ichish an’anasi mavjud. Yevxaristiya (nasroniylik cherkovidagi birodarlik rishtasi) yangi e’tiqodida ham uning o‘rni bor – marosim non va sharobga bag‘ishlangan.

Shu tariqa, sharob ishlab chiqarish va sotish diniy zaruratga aylanib qoldi. O‘sha davrning buyuk imperiyasi – Rimda ahvol shunday edi. Shu boisdan uning mustamlakasi bo‘lgan Yaqin Sharqda sharob ichish an’anasi keng yoyilib ketdi. Sharob ishlab chiqarish va uni sotishning Saudiya Arabistoni hududida turli variantlari bo‘lgan: uzumzorlar va xurmozorlar ko‘p bo‘lgan Madina, Toif, Xaybar shaharlarida uzum va xurmodan sharob tayyorlangan. Yaman aholisi arpa, bug‘doy, jo‘xori hamda asaldan spirtli ichimliklar ajratib olgan. Johiliyat davri shoirlar yozgan she’rlarda sharobning yuzdan ortiq turi tilga olingan.

Payg‘ambar alayhissalom nafaqat amerikaliklar, balki shu vaqtga qadar ham hech kim bajara olmagan ishni bajargan edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam spirtli ichimliklar nima ekanini bilmaydigan jamiyatga kelmaganlar. U zot sharobxo‘rlik eng baland cho‘qqisiga chiqqan, tantanalar, katta-kichik ziyofatlar sharobsiz o‘tmaydigan, sharobxo‘rlik jamiyatning ommaviy madaniyatiga aylangan vaqtda dunyoga keldilar.

Amerikaliklar o‘z xalqini zararli ichimlikdan himoya qilish uchun spirtli ichimliklar ichishni taqiqladi. Ammo bu ishning uddasidan chiqa olmadi – yashirin ishlab chiqarish va ichish avj oldi. 1933 yil taqiq bekor qilinganda amerikalik bir professor: “Muhammad payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Qur’on(i Karim) vositasida ummatlarini nafaqat o‘zining zamonida, balki keyingi avlodlarni ham spirtli ichimliklardan himoya qilib kelmoqda. Shunga o‘xshagan natijaga XX yuz yillikda ilmiy asoslar va barcha targ‘ibot vositalari mavjud bo‘lgan holda ham Amerika erisha olmadi” (professor Yulius Xirsh: Uchebnik zdravooxraneniya. Stambul, № 34, str. 242), deb yozgan edi.

1983 yillarda sobiq SSSRda ham ichkilikbozlikka kurash kampaniyasi avj olgan edi. O‘shanda odamlar etik moyini buxanka nonga surib oftobga qo‘yib yeb, yana qandaydir qo‘lbola samogonlar tayyorlab ichib zaharlanganlari ko‘pchilikni yodida.

O‘shanda hukumat ichkilikbozlikka kurashning eng qat’iy choralarni qo‘llab ham ijobiy natijaga erishish u yoqda tursin, salbiy oqibatga sabab bo‘lgan edi.

Nega bunday bo‘lganini bilish uchun Payg‘ambarimiz alayhissalom qanday qilib spirtli ichimlikdan insonlarni himoya qilish borasida hech kim erisha olmagan natijaga erishganini o‘rganish kerak.

Allohning Rasuli bir marta ham sharob ichmaganlar. U zot Islomning Makkada yoyilishi davrida spirtli ichimliklarga qarshi kurashmaganlar. Chunki u vaqtda musulmonlarning soni unchalik ko‘p emas edi. Boz ustiga Payg‘ambar alayhissalom, Abu Bakr Siddiq, Usmon, Ali roziyallohu anhular spirtli ichimliklar ichiladigan davralarga sira ham yaqinlashmaganlar. U zotlarning bunday go‘zal fazilatga ega bo‘lishlarining sababi quyidagicha bo‘lsa kerak: arablarda ilohiy vahiylar kelguniga qadar to‘g‘ri din (Dinun Hanif) haqidagi xotiralar saqlanib qolgan edi, xususan, jaranglab turgan bir qoida bor edi: “spirtli ichimliklar ichiladigan bayramlarda qatnashadigan kishilar yaxshi odamlar emas”. Sharob taqiqlanishidan oldin ham Payg‘ambar alayhissalom uni mutlaqo yoqtirmaganiga yorqin bir misol shuki, me’rojga chiqqanlarida u zotga ikkita piyolada ichimlik tutganlar – birida sut, ikkinchisida sharob, u zot sutni olib ichganlar. Jabroil alayhissalom ushbu tanlovni maqtab: “Siz tabiiylikni tanladingiz, agar sharobni tanlaganingizda ummatingiz yo‘ldan adashib ketar edi, sutni olib tabiiylikni ixtiyor qildingiz, endi ummatingiz tabiiylikka yo‘naltirildi” (Imom Buxoriy rivoyati), deganlar.

Allohning Rasuli ummatlarini mayxo‘rlikdan asta-sekinlik bilan uzoqlashtirdilar. Negaki, odamlarning ko‘p yillik odatiga aylanib qon-qoniga singib ketgan narsadan birdaniga voz kechishi oson bo‘lmas edi, Shu boisdan Alloh taolo insonning fe’lini hisobga olib uni taqiqlaydigan oyatni birdaniga nozil etmadi. Qur’oni karimda spirtli ichimliklar haqida to‘rtta oyat bor. Makkada nozil bo‘lgan birinchi oyatda:

وَمِن ثَمَرَاتِ النَّخِيلِ وَالأَعْنَابِ تَتَّخِذُونَ مِنْهُ سَكَراً وَرِزْقاً حَسَناً إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ

“Va xurmo va uzumlarning mevalaridan mast qiluvchi narsa va go‘zal rizq olursiz. Albatta, bunda aql yuritguvchilar uchun oyat-belgi bordir” ("Nahl" surasi, 67-oyat), deyilgan. Ushbu oyatda mast qiluvchi ichimlik haqida hukm aytilmagan. Ammo uni go‘zal rizqqa qiyosan xunuk narsa ekani ishora bilan bildirilgan.

Bundan mayparastlik Allohga xush kelmaydigan amal ekani ayon bo‘ladi. Bu ifoda hamda Payg‘ambarimiz solallohu alayhi va sallamning sharobni yoqtirmagani ichkilikbozlik yaxshi odat emasligini ko‘rsatadi. Payg‘ambar alayhissalom Madinaga kelib yashay boshlagan choqlarda ansorlar xurmodon tayyorlangan sharob ichar va mehmonlarga ham uzatar edilar. Ba’zida mast bo‘lib olgan mayxo‘rlar davrasi bema’ni bahslar va mushtlashuvlar bilan nihoyasiga yetardi. Shunday hodislarga bir necha bor guvoh bo‘lgan Umar va Muoz roziyallohu anhular Payg‘ambar alayhissalomning huzuriga kelib vazitni tushuntirar ekan “sharob odamni butkul aqlidan judo qilmoqda” dedilar. Shunga qaramasdan, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam oyat nozil bo‘lguniga qadar bir qarorga kelmadilar. Shundan so‘ng quyidagi oyati karima nozil bo‘ldi:

يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ قُلْ فِيهِمَا إِثْمٌ كَبِيرٌ وَمَنَافِعُ لِلنَّاسِ وَإِثْمُهُمَا أَكْبَرُ مِن نَّفْعِهِمَا وَيَسْأَلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ قُلِ الْعَفْوَ كَذَلِكَ يُبيِّنُ اللّهُ لَكُمُ الآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ

“Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. Sen: “Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir”, deb ayt. Va sendan nimani nafaqa qilishni so‘rarlar. Sen:“Ortiqchasini”, deb ayt. Alloh shundoq qilib sizga O‘z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki tafakkur qilsangiz” ("Baqara" surasi, 219-oyat).

Oyati Karimada spirtli ichimliklar sababli sodir bo‘ladigan gunoh uning yaxshi jihatidan ko‘pligi aytilmoqda. Uning foydasi nima o‘zi? Ichganda bir oz bosh aylanishi, oldi-sottidan olinadigan daromadi bo‘lsa kerak-da. Ammo zarari haqida jild-jild kitoblar yozish mumkin, anchasi yozilgan ham. Ana shu ogohlantirishdan so‘ng ko‘pchilik musulmonlar sharob ichmay qo‘ydilar. Keyin esa mana bu oyat nozil bo‘ldi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَقْرَبُواْ الصَّلاَةَ وَأَنتُمْ سُكَارَى حَتَّىَ تَعْلَمُواْ مَا تَقُولُونَ وَلاَ جُنُباً إِلاَّ عَابِرِي سَبِيلٍ حَتَّىَ تَغْتَسِلُواْ وَإِن كُنتُم مَّرْضَى أَوْ عَلَى سَفَرٍ أَوْ جَاء أَحَدٌ مِّنكُم مِّن الْغَآئِطِ أَوْ لاَمَسْتُمُ النِّسَاء فَلَمْ تَجِدُواْ مَاء فَتَيَمَّمُواْ صَعِيداً طَيِّباً فَامْسَحُواْ بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ إِنَّ اللّهَ كَانَ عَفُوّاً غَفُوراً

“Ey iymon keltirganlar! Mast holingizda to aytayotgan gapingizni biladigan bo‘lmaguningizcha, namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham to g‘usl qilmaguningizcha. Magar yo‘ldan o‘tuvchi bo‘lsa, mayli. Agar bemor yoki safarda bo‘lsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan bo‘lsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq-la tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qo‘llaringizga mash torting. Albatta, Alloh afv va mag‘firat qiluvchi zotdir” ("Niso" surasi, 43-oyat).

Oyati karimada musulmonlarga mast holida namoz o‘qish taqiqlandi. Musulmonlarga esa besh vaqt namoz farz qilingan. Demak, tongdan tunga qadar aslo aroq ichib bo‘lmaydi. Nihoyat sharobni mutlaqo taqiqlagan oyat nozil bo‘ldi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

“Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz” ("Moida" surasi 90-oyat).

Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytgan ekanlar: “Biz ziyofatda edik. Men soqiylik qilayotgandim. Bir kishi kelib sharob taqiqlanganini xabar qildi. Davrada o‘tirgan birodarlarim bu xabarni eshitib, “Sharob solingan hamma idishni to‘nkaringlar”, deyishdi. Shundan so‘ng biror kishi mast qiluvchi ichimlikni og‘ziga olmadi” (Imom Nasaiy rivoyati).

O‘sha tunda shahardagi sharob solingan barcha idishlar to‘nkarildi va Madina ko‘chalaridan sharob daryo bo‘lib oqdi. Shu voqeada sahobalarning Allohning amriga qanchalik sidqidildan itoat etishi, Payg‘ambar alayhissalomga qalban bog‘langani yaqqol namoyon bo‘lgan. Chunki ular Payg‘ambar alayhissalom aytgan har bir so‘zga itoat qilar ekan, u zot buyurgan amallar Alloh vahiy orqali yuborgan amrlar ekaniga qat’iyan ishonar edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning amerikaliklar yetisha olmayotgan yutuqlari ana shu edi. Sahobalar ichkilikni sog‘ligiga zarar bo‘lgani uchun emas, Alloh taolo taqiqlagani uchun tashlagan edilar. Shuning uchun oshkora ham, yashirincha ham ichmay qo‘ygan edilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning yutug‘ini ta’minlagan yana bir hodisa – u zot sharobning o‘zini harom deyish bilan cheklanmasdan, uni tayyorlovchi, sotuvchi, olib keluvchi, quyib beruvchi, ichuvchilar davrasida o‘tirishni harom deb e’lon qildilar.

Bugun esa davlat bir tarafdan ichkilikbozlikka qarshi kurashyapti, ikkinchi tomondan – uni sotish uchun ishlab chiqaryapti. Spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish davom etar ekan – taqiqdan hech qanday foyda yo‘q. “Payg‘ambarimizning huzuriga uzoq o‘lkalarning biridan vakillar kelib, “Biz spirtli ichimliklardan davolash maqsadida foydalanamiz” yoki “Biz sovuqda muzlab qolmaslik uchun aroq ichishga majburmiz”, dedilar. Bu bahonaga u zot: “Sharob davolash vositasi emas, kasallik manbaidir”, deb javob berdilar” (Imom Ibn Moja rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam sharobxo‘rlikka kurashning jazolash uslubini ham qo‘llaganlar. Chunki sharob ichgan kishi jazolansa, boshqalar sharob ichish gunoh ish ekanini yanada teranroq his etar edilar. Ayniqsa, sharob ichgan yoshlarga qattiqqo‘llik bilan jazo tayin qilar edilarki, ular bu kasofatni qaytib og‘ziga olmas edilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu aytganlar: “Payg‘ambar alayhissalomning oldiga shirakayf odamni olib keldilar. U zot “Uni uringlar!” deb amr qildilar. Kim qo‘li bilan, kim oyoq kiyimi bilan, yana biri boshqa narsa bilan uni ura ketdi”.

Payg‘ambarimiz ichgan odamni yomon ko‘rganidan bu jazoni tayinlamagan, balki uni mayxo‘rlikdan xalos bo‘lib, o‘zini sharobga qaramlikdan qutqarsin va yana ichuvchilarning bu qilig‘i boshqalarni ham o‘ziga jalb qilmasin degan maqsadda bo‘lganlar.

Hazrati Umar roziyallohu anhu xalifalik qilgan davrda musulmonlar ko‘p yurtlarni ishg‘ol qildi va dinni yoyish uchun har tarafga tarqalib ketdi. Ular moddiy jihatdan ham boyib ketdi. O‘shanda ichkilikbozlik ko‘payib ketmasin degan maqsadda hazrati Umar aroq ichgan kishiga 80 darra jazo tayin qildilar.

Spirtli ichimlik va giyohvandlikka qarshi kurash islomning asosiy tamoyillaridan biri sanaladi: hayotni, mulkni, naslni va dinni saqlash – musulmonning burchi. Sog‘likka zarar yetkazadigan, cho‘ntakni qoqlaydigan, aqlni zaiflashtiradigan, insonni dindan uzoqlashtiradigan va kelajak avlodni nobud qiladigan narsalar bilan har taraflama kurashish sog‘lom aqlli kishilarning muqaddas vazifasidir.

Damin JUMAQUL tayyorladi

Manba: Muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.