Shahzoda Muhammedovaning 4 millionlik "Instagram"i bloklandi

Shahzoda Muhammedovaning 4 millionlik "Instagram"i bloklandi

Taniqli aktrisa Shahzoda Muhammedovaning 4 millionta obunachisi bor bo‘lgan Instagram sahifasi bloklandi, sababi hozircha noma’lum.

Aktrisa ayni paytda qizining sahifasidan yangiliklar ulashib turibdi. U Milan shahridagi moda haftaligida O‘zbekiston nomidan qatnashish uchun Italiyaga uchib ketayotgan edi.

"Do‘stlar, mening akkauntim bloklandi, sababini bilmayman. Dushmanlarimning ishiga o‘xshayapti. Hozir ushbu muammo ustida mutaxassislar ish olib boryapti", deb yozgan aktrisa.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!