Shaffoflikning "doda"si: Samarqanddagi tenderda bir tadbirkorga tegishli ikkita MCHJ «raqobatlashgan»

Shaffoflikning "doda"si: Samarqanddagi tenderda bir tadbirkorga tegishli ikkita MCHJ «raqobatlashgan»

9 yanvar kuni Samarqand viloyati kardiologiya dispanseri tomonidan muassasaga 2 ta ultratovushli asbob sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilingan. «Daryo» kuzatuviga ko‘ra, tenderda ishtirok etgan ikkita tadbirkorlik sub’ekti bir odamga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.

Tibbiy uskuna sotib olish bo‘yicha 222049-lot ma’lumotlariga ko‘ra, tenderning boshlang‘ich qiymati 625 million so‘m bo‘lgan. Shartnoma shartlariga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan korxona mahsulotlarni 3 kun ichida yetkazib berishi kerak.

Skrin: «etender.uzex.uz»

Skrin: «etender.uzex.uz»

Tender 16 yanvar kuni tugadi. Xarid komissiyasi ma’lumotlarida keltirilishicha, komissiyaga Qo‘shnazarov Rustam Safarovich raislik qilgan. Dispanserga 2 ta tibbiy uskuna yetkazib berish bo‘yicha esa 2 ta MCHJ raqobat olib borgan. Bular:

  • «Turhan Islam» MCHJ;
  • «Tib Dunyosi» MCHJ.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, «Tib Dunyosi» MCHJ yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal 100 balldan 93,6 ballni qo‘lga kiritib, tender g‘olibiga aylangan. Shartnoma summasi — 620 million so‘m.

87 ball bilan tenderni boy bergan «Turhan Islam» MCHJ esa zaxira yetkazib beruvchi sifatida ko‘rsatilgan.

Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

Tender ishtirokchilarining rahbariyati, ta’sischilari bilan qiziqdik. Ochiq manbalarda ko‘rsatilishicha, mag‘lub «Turhan Islam» MCHJning rahbari Yashiyeva Nilufar Farhodovna hisoblanadi. Ta’sischi esa Bobomurodov Islom Mamadaliyevich.

Skrin: «orginfo.uz»

Skrin: «orginfo.uz»

Buni qarangki, tenderda ularni yutgan «Tib Dunyosi» MCHJning rahbari ham aynan Bobomurodov Islom Mamadaliyevich.

Skrin: «orginfo.uz»

Skrin: «orginfo.uz»

Bundan kelib chiqadiki, ushbu tender nohalol, raqobat va qonun hujjatlariga zid ravishda, bir shaxsga tegishli ikkita korxona o‘rtasida o‘tkazilgan.

Lekin yakuniy ovoz berish jarayonida birorta ham komissiya a’zosi bu holatga e’tiroz bildirmagan. Aksincha, barchasi birdek rozilik bildirgan.

Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

Mas’ullardan munosabat kutib qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!