Serbiya Kosovo bilan chegaraga zudlik bilan armiya kiritilishini tasdiqladi

Serbiya Kosovo bilan chegaraga zudlik bilan armiya kiritilishini tasdiqladi

Serbiya bosh vazir o‘rinbosari, mudofaa vaziri Milosh Vuchevich respublika qurolli kuchlari bo‘linmalarni zudlik bilan Kosovo va Metoxiya bilan ma’muriy chegaraga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma olganini tasdiqladi.

Bu haqda mudofaa vazirligi rahbari juma kuni Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Serbiya Prezidenti va Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni Aleksandr Vuchich Serbiya Qurolli Kuchlari bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligini eng yuqori darajaga ko‘tarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi va ularga Kosovo va Metoxiya bilan ma’muriy chiziq yo‘nalishida tezkorlik bilan oldinga siljishni buyurdi. ", - dedi Vuchevich.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!