Senator Rend Pol Ukrainaga qariyb 40 milliard dollarlik yordam haqidagi qonun loyihasini bloklab qo‘ydi

Senator Rend Pol Ukrainaga qariyb 40 milliard dollarlik yordam haqidagi qonun loyihasini bloklab qo‘ydi

AQShning Kentukki shtatidan saylangan konservativ senator Rend Pol Ukrainaga qariyb 40 milliard dollarlik yordam ko‘rsatish haqidagi qonun loyihasini bloklab qo‘ydi.

"Men boshqa davlatga emas, AQSh Konstitusiyasiga qasamyod qilganman. Qanchalik asosli sabablar bo‘lmasin, mening idoramning maqsadi — AQSh milliy xavfsizligi. Biz AQSh iqtisodini halokatga uchratib, Ukrainani qutqara olmaymiz”, — dedi Senatdagi ozchilik rahbari Mitch Makkonel.

"Ukrainaga halokatli yordam jo‘natish qandaydir xayriya emas. Bu mojaro milliy xavfsizlikka bevosita va jiddiy ta’sir ko‘rsatadi", — deb o‘z fikrini davom ettirdi u.

Bu qarorni ko‘rib chiqish ishlari kamida keyingi haftagacha qoldirildi.

Qayd etish joiz, Ukrainaga moliyaviy yordam doirasidagi qonun loyihasining o‘zi bloklanmaydi yoki qayta ko‘rib chiqilmaydi, biroq senatorlar Rend Pol va Jon Kennedi firibgarlikning oldini olish maqsadida sarf-xarajatlarni nazorat qilish uchun maxsus bosh inspektor tayinlanishini ta’minlaydigan tuzatish kiritishni talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!