Sayyoramizning eng boy odami atrof-muhitni saqlash uchun 800 million dollarga yaqin xayriya qildi

Sayyoramizning eng boy odami atrof-muhitni saqlash uchun 800 million dollarga yaqin xayriya qildi

Amazon asoschisi va sayyoradagi eng boy odam Jeff Bezos atrof-muhitni saqlash uchun 791 million dollar hayriya qildi.

Aniqlik kiritilishicha, mablag‘ ekologlarga Bezos tomonidan asos solingan Yer fondi orqali ajratiladi. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘larni ajratish Yer kelajagini himoya qiladigan olimlar, faollar, nodavlat tashkilotlarni moliyalashtirishning boshlanishi hisoblanadi.

Xayriya mablag‘idan Jahon resurslari instituti, Tabiatni muhofaza qilish, Butunjahon yovvoyi tabiat fondi, Atrof-muhitni muhofaza qilish jamg‘armasi va AQSh Tabiiy resurslarni mudofaa kengashi kabi yashkilotlarning har biri 100 million dollar oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!