Saudiyalik shahzodalar qiynoqqa solinganmi?

Saudiyalik shahzodalar qiynoqqa solinganmi?

Korrupsiyada gumon qilingan saudiyalik shahzodalar Riyozdagi “Rits-Karlton” mehmonxonasida saqlangan paytda kaltaklangan va qiynoqqa solingan.  

Ushbu xabar Saudiya Arabistoni 20-21 noyabr kunlari videokonferensiya shaklida o‘tadigan G20 sammitiga mezbonlik qilishi arafasida "The Guardian" nashri tomonidan tarqatildi, demoqda "azon.uz".

Xabarda to‘rt shahzoda va o‘nlab vazir qiynoqqa solingani va shantajga uchragani, bu jarayonni valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmonning ishonchli vakili hisoblangan ikki vazir kuzatib turgani aytilgan. Shahzodalardan Shveysariya banklaridagi hisobraqamlaridan katta miqdorda pul o‘tkazish talab qilingan, aks holda, ularga oid maxfiy ma’lumotlar, jumladan, ishqiy munosabatlari yoki biznes aloqalari oshkor etilishi ta’kidlangan. 

Shahzodalar “Rits-Karlton” mehmonxonasiga go‘yoki Muhammad ibn Salmon yoki podshoh Salmon ibn Abdulaziz bilan bo‘ladigan uchrashuvga taklif qilingan. Ularga uylarida podshoh saroyining maslahatchisi kelishini kutib turishlari aytilgan, ammo uyga maslahatchi emas, xavfsizlik xizmati xodimlari kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 5 noyabrida to‘rt nafar shahzoda, to‘rt nafar amaldagi va o‘nlab sobiq vazirlar Muhammad ibn Salmon boshchiligidagi Korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining tashabbusi bilan hibsga olingan edi. 22 yanvarda hukumat agar hibsga olinganlar 100 milliard dollar to‘laydigan bo‘lsa, ulardan ayblov olib tashlanishi va ozodlikka chiqarilishini ma’lum qildi. Sakkiz kun keyin ular qo‘yib yuborildi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!